5 mavzu. Davlat budjeti, soliqlar va davlat qarzi (2 soat) Reja: Davlat budjetining mohiyati va funksiyalari


jamg`arish ( boylik to`plash) vositasi



Yüklə 468,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/25
tarix13.05.2023
ölçüsü468,22 Kb.
#113160
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
4 мавзу макро

jamg`arish ( boylik to`plash) vositasi.
Umumiy ekvivalentlilik, yuqori likvidlilik xususiyatlari pulni ideal to`lov 
vositasiga aylantiradi. Hozirgi zamon iqtisodiyotida to`lovlar uch yo`l bilan 
amalgam oshiriladi: 1) naqd pul to`lovi; 2) bankdagi hisobvaraqlarda yozuv orqali, 
ya‘ni naqd bo`lmagan pul ko`chirish orqali; 3) bir shaxsning ikkinchi shaxsga 
qarzdorliligini tasdiqlovchi hujjatlar( veksellar, qarz majburiyatlari) yordamida.
Qiymat o`lchovi sifatida pullar tovarlar bahosini ifodalaydi va turli tovarlar 
qiymatini taqqoslash imkonini beradi.
O`z tovari uchun olgan pulini sotuvchi doim ham birdaniga ishlatvermaydi. 
Shu sababga ko`ra pullar ularga o`tkazilgan qiymatni saqlab turishlari juda muhim. 
Agar pul aytilgan xususiyatga ega bo`lsa, unda u boylik to`plash maqsadida 
jamg`ariladi. Pulning bu funksiyasini muqobil tarzda mulkning boshqa turlari - 
obligatsiyalar, aksiyalar, ko`chmas mulk ham bajarishi mumkin.
Rivojlangan iqtisodiyot sharoitida pulning to`lov vositasi sifatidagi vazifasi 
jamg`arish vositasi vazifasiga nisbatan muhimroq ao`hamiyat kasb etadi.
Pulning yuqori likvidliligi va qiymatni saqlab turishi xususiyatlar barcha 
turdagi to`lov vositalarida bir xil emas. Naqd pullar va muddatsiz depozitlarning 
likvidliligi djarajasi muddatli depozitlarga yoki veksellarga qaraganda yuqoriroq.
Shu sababli pul massasi likvidlilik darajasining pasayib borishi tamoyiliga 


asoslangan agregatlarga bo`linadi. Rivojlangan mamlakatlarda pul massasini 
aniqlashda - M1; M2; M3; M4 deb belgilanadigan pul agregatlaridan foydalaniladi.
Pul agregatlarining tarkibi va miqdori turli mamlakatlarda o`zaro farq qilish 
mumkin. Quyida umumlashtirib olingan pul agregatlari tarkibini keltiramiz: ―M0- 
bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklarining
Markaziy bankdagi rezervlari;
M1 = M0 + muddatsiz depozitlar, yo`l cheklari va boshqalar;
M2 =M1 + (miqdori va muddati cheklangan) muddatli depozitlar va
boshqalar ;
M3 = M2+(miqdori va muddati cheklanmagan) muddatli depozitlar va 
boshqalar‖
9
.
Makroiqtisodiy tahlilda M1 va M2 pul agregatlari eng ko`p foydalaniladi. Pul 
agregatlarining dinamikasi turli sabablarga bog`liq. Masalan, daromadlarning 
oshishi natijasida M1ga talab tezroq o`ssa, foiz stavkasining o`sishi natijasida M2 
va M3ga talab M1ga nisbatan tezroq o`sadi.

Yüklə 468,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin