5 mavzu. Davlat budjeti, soliqlar va davlat qarzi (2 soat) Reja: Davlat budjetining mohiyati va funksiyalari



Yüklə 468,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/25
tarix13.05.2023
ölçüsü468,22 Kb.
#113160
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
4 мавзу макро

10.1-rasm. Pulga talab grafigi
10

  
Pulning aylanish tezligini hisobga olmaganda, real pul qoldig`iga talab 
formulasi quyidagicha bo`ladi:
(M/P) D =f (R, Y);  
Bu yerda: R – foiz stavkasi; Y – real daromad.
Chiziqli bog`liqlikni e‘tiborga olsak, quyidagicha formula hosil bo`ladi:
(M/P)D = kY - hR  
Bu yerda: k va h – pulga talabning daromadlar va foiz stavkasiga 
ta‘sirchanligini ifodalovchi koeffitsientlar; R – foiz stavkasi (real foiz stavkasi).
Real foiz stavkasi nominal foiz stavkasidan inflatsiya sur‘atini ayirib topiladi.
Daromad darajasining o`zgarishi foiz stavkasi o`zgarmas bo`lgan sharoitda 
ham pulga talabning ko`payishiga olib keladi. Bu grafikda pulga talab egri 
chizig`ining siljishi ko`rinishida namoyon bo`ladi.
  
4. Pul taklifi. Bank multiplikatori.  
  
Pul taklifi (Ms) o`z ichiga bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar (С) va zarur 
bo`lganda (D) iqtisodiy agentlar bitimlar uchun ishlatishi mumkin bo`lgan 
depozitlarni oladi:
Ms = С+D.  
Aksariyat mamlakatlarda davlat pul chiqarishda monopol huquqqa ega. Uni 
amalga oshirish huquqi nisbatan mustaqil muassasa Markaziy bank ixtiyorida. ― 
Markaziy bank O`zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to`lov vositasi sifatida 
banknotlar va tangalar ko`rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarish mutlaq 
10
Б.Е.Бродский. Макроэкономика. Продвинутый курс. М.: Магистр, 2012


huquqiga ega‖
11
. Ammo pul taklifini ko`paytirish imkoniga yoki pul yaratish 
qobiliyatiga tijorat banklari ham ega. Ular kreditlar bera borib, to`lov vositalari 
emissiyasini yoki kredit multiplikatsiyasini amalga oshiradi. Masalan, A bankning 
depoziti 2000 so`mga o`sgan bo`lsa, zahira normasi 20 % ga teng bo`lganda (zahira 
normasi – tijorat banklar depozitlarining ma‘lum qismini Markaziy bankda saqlab 
turish normasi), u 400 so`mni Markaziy bankda zahiralab, qolgan 1600 so`mni 
qarzga beradi. Shunday qilib, A bank pul taklifini 1600 so`mga ko`paytiradi va u 
endi 2000+1600=3600 so`mni tashkil etadi. Ya‘ni, omonatchilarning depozitlardagi 
2000 so`mdan tashqari yana 1600 so`m qarz oluvchilar qo`lida qoladi. Agar, 1600 
so`m yana banka tushsa, (masalan, B bankka) unda 20 % ga teng bo`lgan zahira 
normasida u 320 so`mni zahirada qoldirib, 1280 so`mni kreditga beradi hamda shu 
miqdorda pul taklifini oshiradi. Kredit berishning bu jarayoni so`nggi pul birligidan 
foydalanishga qadar davom etadi. Yakuniy hisob kitob bank depozitlari jami 10000 
schqmga ko`payganligini ko`rsatadi. Bu jarayonni formula ko`rinishida quyidagicha 
yozishimiz mumkin:

Yüklə 468,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin