5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»



Yüklə 441,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/36
tarix26.12.2023
ölçüsü441,32 Kb.
#198398
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Tafakkurning asosiy shakllari
. Tafakkur jarayonining oqilona mazmuni tarixiy 
rivojlanish jarayonida yaratilgan mantiqiy shakllar qobig’iga o’raladi. Tafakkur o’zining asosiy 
shakllari – tushunchalar, mulohazalar va xulosalar ko’rinishida yuzaga kelgan, rivojlanmoqda va 
amalga oshirilmoqda.
Tushuncha 
– narsalar va hodisalarning umumiy, muhim xossa va aloqalari aks etuvchi 
fikr. Tushuncha – tafakkur, tushunish faoliyatining mahsuli. Ular nafaqat narsalar va 
hodisalarning umumiy jihatlarini aks ettiradi, balki ularni bir-biridan ajratadi, ular o’rtasida 
mavjud farqlarga qarab ularni guruhlaydi, tasniflaydi. Bundan tashqari, biz biror narsa haqida 
tushunchaga ega ekanligimizni ta’kidlar ekanmiz, bunda mazkur ob’yektning mohiyatini 
tushunishimizni nazarda tutamiz. Masalan, «inson» tushunchasi nafaqat muhim umumiy, ya’ni 
barcha odamlarga xos bo’lgan jihatni, balki har qanday odamning boshqa har qanday narsalardan 
farqini ham aks ettiradi, mazkur odamning mohiyatini tushunish esa, umuman insonning 


mohiyati, ya’ni inson haqidagi tushunchaning mazmunini bilishni nazarda tutadi: «Inson – aql, 
so’zlashish va mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan bioijtimoiy mavjudot».
Sezgi, idrok va tasavvurlardan farqli o’laroq, tushunchalar ko’rgazmalilik yoki 
hissiylikdan xolidir. Idrok daraxtlarni, tushuncha – umuman daraxtni aks ettiradi. Tushunchaning 
mazmunini ko’pincha aniq obraz ko’rinishida tasavvur qilish mumkin emas. Inson, masalan, 
yaxshi odamni tasavvur qilishi mumkin, biroq u yaxshilik, yomonlik, go’zallik, qonun, yorug’lik 
tezligi, sabab, qiymat kabi tushunchalar va jarayonlarni sezgi obrazi ko’rinishida tasavvur qila 
olmaydi. Har qanday fanning barcha tushunchalari haqida shu fikrni aytish mumkin. Ularning 
ob’yektiv ta’rifi ko’rgazmalilik chegaralaridan tashqarida bilvosita aniqlanadi.
Tushuncha muhim jihatlar va xossalarni aniqlaydi va ularni o’zida mujassamlashtiradi: 
tushuncha mohiyatning fikrda ifodalangan obrazidir. SHuning uchun ham oz sonli tushunchalar 
son-sanoqsiz narsalar – xossalar va munosabatlarni qamrab oladi. Tushunchalar turli davrlarda 
mazmunan har xil bo’lgan. Ular ayni bir inson rivojlanishining turli darajalarida har xildir.
Haqiqiy ilmiy tafakkur madaniyati biron-bir tushunchani aniq ta’rifsiz qoldirmaslikni 
o’zi uchun qoida deb biladi. Buyuk mutafakkir Suqrot tushunchalarni mantiqiy jihatdan aniq 
ta’riflash haqiqiy bilimning bosh shartidir, degan edi.
Tushunchalar inson ongida ma’lum bog’lanishda, mulohazalar ko’rinishida yuzaga 
keladi va mavjud bo’ladi. Tafakkur – biror narsa haqida hukm chiqarish, narsaning turli 
tomonlari o’rtasidagi yoki narsalar o’rtasidagi muayyan aloqalar va munosabatlarni aniqlash 
demakdir.

Yüklə 441,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin