5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/35
tarix21.05.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#118930
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
5 mavzu gnoseologiya a007a4c8ca028358a58bf353c8ff4093

O’yin vositasidagi bilim nafaqat bolalar, balki kattalar faoliyatining ham muhim unsuri 
hisoblanadi. O’yin jarayonida shaxs qizg’in bilish faoliyatini amalga oshiradi, bilimlarning katta 
hajmini o’zlashtiradi, madaniy boylik – ishga doir o’yinlar, sport o’yinlari, aktyorlarning 
o’yinlari va shu kabilarni qon-qoniga singdiradi. O’yin bolalarning qiziquvchanligini qondirish, 
ularning ma’naviy dunyosi va ma’lum bilimlari, o’zaro til topish ko’nikmalari va shu kabilarni 
shakllantirishda muhim ijtimoiy rol o’ynaydi. 
Hozirgi vaqtda o’yin tushunchasidan matematika, iqtisodiyot, kibernetika va boshqa 
fanlarda keng foydalanilmoqda. Bu yerda murakkab jarayonlar kechishining har xil variantlari, 
ilmiy va amaliy muammolarning yechimlari ko’rib chiqiladigan maxsus o’yin modellari va o’yin 
ssenariylari tobora ko’proq qabul qilinmoqda. Hozirgi zamon falsafiy va ilmiy tafakkurining bir 
qancha nufuzli yo’nalishlari o’yinni mustaqil o’rganish sohasi sifatida ilgari surmoqdalar. 
Germenevtika (Gadamer), falsafiy antropologiya shunday fanlar jumlasidan. Masalan, 
Xaydegger o’yinni madaniyat shakllanishining umumiy tamoyili, har qanday davrda kishilik 
jamiyatining negizi deb hisoblaydi. Gadamer fikriga ko’ra, o’yin – san’at asarlarining mavjudlik 
usuli, mazkur asarlarning mavjudligi esa, o’z navbatida, haqiqatni aniqlashning muhim usulidir.
Mifologik bilim ayniqsa, insoniyat tarixining dastlabki bosqichida muhim rol o’ynagan. 
Mifologik bilimning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u borliqning fantastik in’ikosi 
hisoblanadi. Mifologiya doirasida tabiat, koinot va odamlar, ular mavjudligining shart-
sharoitlari, aloqa shakllari va hokazolar haqidagi muayyan bilimlar shakllangan. So’nggi vaqtda 
(ayniqsa strukturalizm falsafasida) mifologik tafakkur – bu shunchaki fantaziyaning tiyiqsiz 
o’yini emas, balki ajdodlar tajribasini qayd etish va keyingi avlodlarga berish uchun imkoniyat 
yaratadigan dunyoni o’ziga xos tarzda modellashtirish ekanligi aniqlandi. 
Mifologik tafakkurga uning emotsiyalar sohasi bilan uzviyligi, bilish ob’yekti va 
sub’yektini, predmet va belgini, narsa va so’zni, hodisaning kelib chiqishi (genezisi) va 
mohiyatini aniq farqlamaslik xos. Unda tabiiy va ijtimoiy hodisalarni, shuningdek butun dunyoni 
tushuntirish ularning kelib chiqishi va yaralishi haqidagi hikoyalarga bog’langan (genetizm).
Ayrim hozirgi tadqiqotchilarning fikricha, bizning davrimizda mifologik bilishning 
ahamiyati pasayayotgani yo’q. Masalan, P.Feyerabend dunyo yutuqlari madaniyatga asos 
solgani, ratsionalistlar esa faqat uni doim yaxshi tomonga o’zgartirishganiga ishonchi komil.
Mif – ibtidoiy odam tafakkurining tabiat hodisalarini tushunish va tushuntirishning o’ziga 
xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Mif narsa va obraz, jism va xossa, «asos» va tamoyillarni 
farqlamaydi. Voqealar o’xshashligi yoki ketma-ketligini sabab va oqibat bog’lanishi sifatida 
talqin qiladi. Mif oliy darajada universal voqealar, chunonchi: inson o’limi va uning mangu 
barhayotligi, dunyoning vujudga kelishi, qahramonona qilmishlar, madaniyat yutuqlari (masalan, 
olovning o’g’irlanishi haqidagi mif) va shu kabilar haqida hikoya qiladi. Mifning mazmuni 
ramziy tilda ifodalanadi, natijada uning xulosalari keng va ko’p ma’noli tus kasb etadi. Ko’p 


sonlilik tamoyilini, aks ettirish, muayyanlik va atromorflik (ya’ni inson xususiyatlarini tabiat 
ob’yektlariga o’tkazish), obraz va ob’yektni tenglashtirish kabilar mifologik bilishning o’ziga 
xos xususiyatlaridir. Borliqni anglab yetish usuli sifatida mif inson, jamiyat, dunyoni 
modellashtiradi, tasniflaydi va talqin qiladi.
SHaklan mif muayyan voqeani tabiatda yoki ma’lum xalqlar tarixida bo’lib o’tgandek 
ifodalovchi rivoyatdir. Kosmogonik miflarda Logos yoki Aql harakatga keltiradigan va 
boshqaradigan, iyerarxik tuzilishga ega bo’lgan yagona va yaxlit kosmos haqidagi tasavvur 
shakllangan. SHu sababli kosmos oliy barkamollikka ega deb tasavvur qilingan. Bu tasavvurlar 
kosmosning o’zgarishlarida tabiat hodisalarining uzluksiz aylanishini hosil qiluvchi yer, havo va 
olov stixiyalari podsholigi sifatidagi talqinida muayyanlashgan. 
Miflarda qat’iy rioya qilish lozim bo’lgan amaliy tavsiyalar ham ifodalangan. Garchi 
mifologiyaning amaliy tavsiyalari isbotlanmagan va qoida sifatida belgilangan bo’lsa-da, ular 
odamlarning juda ko’p avlodlari tajribasini umumlashtirish mahsuli hisoblanadi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin