NAZORAT SAVOLLARI Ag2S, Ag2CrO4, AgJ larni eruvchanlik ko‘paytmasi qiymatlaridan foydalanib, shu cho‘kmalardan qaysi birining eruvchanligi kichikligini g/dm3da ko‘rsating.
suyultirilgan ishqor eritmasiga tushirilganda, ularning rangi qanday o‘zgaradi? Kalsiy karbonatni sirka va xlorid kislotalarida erish reaksiya tenglamasini yozing.
VAZIYATLI MASALALAR Nima uchun I-II-III guruh kationlari aralashmasining analizi bariy kationini aniqlash va ajratishdan boshlanadi?
III guruh xloridlari va II guruh sulfatlarining analiziga o‘tilganda, nima uchun qo‘rg‘oshin ioni yo‘qotiladi? Javob uchun III-II guruh analitik reaksiyalari jadvalidan foydalaning.
Kalsiy va stronsiy kationlarini birga kelganda qanday ochiladi?
Nima uchun I-II-III guruh kationlari aralashmasining analizida Na+, K+ionlari boshlang‘ich eritmasidan emas, III va II guruh kationlari karbonatlarini ajratgandan keyin ochiladi?
I-II-III analitik guruh kationlari aralashmasi sistematik analizining asosiy bosqichlarini sanab o‘ting:
a) cho‘kmasiz eritma, b) cho‘kmali eritma. Analiz tartibini chizma tarzida ifodalang. Qo‘rg‘oshin va bariy kationlari birga kelganda, ularni ajratish va aniqlash chizmasini tuzing.
II guruh kationlar aralashmasidan bariyni ajratish va aniqlash usulini ko‘rsating.
I va II guruh kationlar aralashmasidan ularni ajratish va aniqlash usulini ko‘rsating.