Qo‘rg‘oshinni aniqlash va ajratish. Cho‘kma 5 tomchi distillangan suv bilan yuviladi, so‘ngra suv hammomida isitiladi, bunda qo‘rg‘oshin xlorid eritmaga o‘tadi. Issiq eritmani sentrifugalab, cho‘kmadan ajratiladi va eritmadan (sentrifugatdan) qo‘rg‘oshin kationi ochiladi: a) kaliy dixromat bilan reaksiyasi va b) kaliy yodid bilan reaksiyasi. Agarda qo‘rg‘oshin kationi bo‘lsa, cho‘kmani distillangan suv bilan suv hammomida isitib yuviladi, toki qo‘rg‘oshin xloridi cho‘kmadan to‘liq yo‘qotilguncha (kaliy dixromat bilan tekshirib ko‘riladi). Kumushni ajartish va aniqlash. Qo‘rg‘oshinni ajratgandan keyin cho‘kmaga 5-7 tomchi konsentrik ammiak eritmasidan qo‘shib aralashtiriladi va suv hammomida isitib, sentrifugalab, cho‘kmani eritmadan ajratiladi. Cho‘kmaning rangiga e'tibor beriladi. Eritmaga esa konsentrik nitrat kislota yoki kaliy yodid qo‘shib kuzatiladi. Simob (I) kationini aniqlash.Agarda xloridli cho‘kmalarga konsentrik ammiak qo‘shilganda, cho‘kma qoraysa, u xolda simob (I) ionining borligini ko‘rsatadi (nima uchun?) sxema III GURUH KATIONINING XLORIDLI CHO‘KMALARINING ANALIZ CHIZMASI