I GURUH KATIONLARINI ANIQLASH Ammoniy ionini ochish. Ammoniy kationi boshlang‘ich eritmadan ishqorlar ta'sirida gaz kamerasida ochiladi Kaliy va natriy ionlarini aniqlash. III va II guruh kationlari karbonatlar xolida cho‘ktirilgandan keyin boshlang‘ich eritmadan kaliy va natriy ionlari aloxida ochiladi. Sentrifugadagi NH4+ionlari niqoblangach (I guruh kationlari analiziga qarang), eritma ikkiga bo‘linib bir qismida K+, ikkinchisida Na+ aniqlanadi. Kaliy ionini ochish uchun tekshiriluvchi eritmaga sirka kislotasi qo‘shib, kuchsiz kislotali sharoitga olib kelinadi va kaliy ioni ochiladi. Natriy ionini ochish eritmaga sirka kislotasi ta'sir ettirib, kuchsiz kislotali sharoitga olib kelinadi va ruxuranilatsetat yoki kaliy geksagidrooksostibat reagentlari bilan ochiladi. NAZORAT SAVOLLARI Eruvchanlik ko‘paytmasi tushunchasini izoxlang. Eruvchanlik ko‘paytmasi va ionlar faolligi ko‘paytmasi o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
Kam eriydigan elektrolit cho‘kmasini ajratish sharoitini izoxlang
Kam eriydigan elektrolitlarni eruvchanligini ifodalash turlarini ko‘rsating.
Bir ismli ionlarning kam eriydigan elektrolitlar eruvchanligiga ta'siri
Begona elektrolit ionlarining kam eriydigan elektrolit eruvchanligiga ta'siri
«Tuz samarasi»ning ma'nosi va sababini misol asosida tushuntirib bering
Eruvchanlik va eruvchanlik ko‘paytmasi o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?: a)AgCl; b) Ag2CrO4; v) Ag3PO4 misollar asosida izoxlang.
VAZIYATLI MASALALAR II guruh kationlarining sulfatli birikmalaridan qaysi biri karbonatlarga qiyinroq o‘tadi?
Tekshiriluvchi eritma I-II-III analitik guruh kationlaridan iborat bo‘lib, oq cho‘kma xolida bo‘lsa, 6, 8, 10 jadvaldan foydalanib, cho‘kma tarkibini aytish mumkinmi?
Cho‘kma to‘liq ajratilganligini qanday aniqlanadi?
Cho‘kmalarni yuvish jarayoni qanday o‘tkaziladi? Nima uchun?
Agar III guruh kationlari xloridlariga konsentrik ammiak ta'sir ettirilganda cho‘kma qoraysa, qanday xulosa chiqariladi? Kumush kationi borligini bilsa bo‘ladimi?
Kalsiy ionini dastlabki kuzatuvda qanday ochiladi?
a) III analitik guruh kationlarining xloridli cho‘kmasidan, b) II analitik guruh kationlarining sulfatli cho‘kmasidan, qo‘rg‘oshin ioni qanday yo‘qotiladi?
Qo‘rg‘oshin kationi saqlangan eritmaga xlorid va sulfat kislotalari qo‘shilganda qanday cho‘kma hosil bo‘ladi? Javob uchun eruvchanlik ko‘paytmasi jadvalidan foydalanib, qo‘rg‘oshin xlorid va qo‘rg‘oshin sulfatalrni qiymatlarini taqqoslang.
Nima uchun I-II-III analitik guruh kationlarining sistematik analizida sulfatli birikmalarni karbonatga o‘tkaziladi?