№5 Mavzu: I, II,iii guruh kationlari aralashmasi analizi. To'TI.



Yüklə 54,85 Kb.
səhifə3/7
tarix05.05.2023
ölçüsü54,85 Kb.
#108020
1   2   3   4   5   6   7
5-6-Laboratoriya mashg 4-soat

ClHgNH2,

3.H2SO4







Hg

Ochish:
1.HNO3
2.KJ
Izox: Chizmada eritma ochiq, cho‘kma yopiq to‘rtburchakda ko‘rsatilgan
II ANALITIK GURUH KATIONLARINI AJRATISH VA ANALIZ
QILISH

III analitik guruh xloridlaridan ajratilgan eritmaga (sentrifugat 1) II guruh kationlarining sulfatli cho‘kmasi to‘liq cho‘kmaga tushguncha tomchilatib sulfat kislotasi eritmasidan qo‘shiladi (eritma 1 mol/l sulfat kislotasi bilan tekshiriladi). Cho‘kmada bariy, stronsiy, kalsiy va qo‘rg‘oshin sulfatlari bo‘lishi mumkin. Sentrifugalab eritmasi tashlanadi va cho‘kmasidan esa analiz davom ettiriladi.
II GURUH KATIONLARI SULFATLARINING ANALIZI
Qo‘rg‘oshin sulfatini ajratish. Sulfatlardan iborat bo‘lgan cho‘kmani 2-3 marta 5 tomchi 30%li ammoniy yoki natriy atsetat eritmasi bilan suv hammomida isitib, qo‘rg‘oshin sulfat to‘liq yo‘qotiladi (kaliy dixromat bilan tekshiriladi). Qo‘rg‘oshin eritmasi sentrifugalanib tashlanadi.
II guruh kationlarining sulfatli cho‘kmasini karbonatga o‘tkazish. II guruh kationlarining sulfatlari suyultirilgan kislota, ishqorlarda deyarli erimaydi. Shuning uchun kislotada erimaydigan sulfatlar eruvchan karbonatlarga o‘tkaziladi. Buning uchun qo‘rg‘oshin sulfatdan tozalangan cho‘kmaga 10-15 tomchi to‘yingan natriy karbonat eritmasidan qo‘shib, cho‘kmani shisha tayoqcha bilan aralashtirib, 5-7 min suv hammomida isitiladi. Cho‘kmani sentrifugalab ajratiladi, sentrifugat tashlab yuboriladi. Bu jarayonni 2-3 marta qaytariladi. Cho‘kmani distillangan suv bilan yuviladi va bariy xlorid eritmasi bilan sulfat ioni yo‘qligi tekshiriladi. Shundan keyin cho‘kmani 10-12 tomchi 2mol/dm3 sirka kislotasi bilan isitib, eritiladi va analiz qilinadi. Agar cho‘kma eritilganda oz miqdori erimay qolsa, uni tashlab yuboriladi. Agar cho‘kmanig ko‘proq miqdori erimay qolsa, u xolda sulfatni karbonatga o‘tkazish jarayoni yana qaytariladi.

Yüklə 54,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin