5-mavzu. Kreditning ta’minoti va uning shakllari. Reja kreditning ta’minoti tushunchasi va uning ahamiyati



Yüklə 23,24 Kb.
tarix18.04.2023
ölçüsü23,24 Kb.
#99634

5-MAVZU. KREDITNING TA’MINOTI VA UNING SHAKLLARI.
REJA
1. Kreditning ta’minoti tushunchasi va uning ahamiyati.
2. Kredit bo‘yicha ta’minotning turlari: a) garov, b) kafillik, v) kafolat,
g) sug‘urta, d) depozit.
3. Ta’minotlarni rasmiylashtirishning huquqiy asoslari.
4. Garov reestri va uning kredit ta’minotidagi ahamiyati.
5. Kreditning qaytarilishida garov va boshqa ta’minot shakllarining tutgan o‘rni.


Tayanch so’zlar: kredit , kredit ta’minoti, garov, kafillik, kafolat, sug’urta, depozit, debitor qarzdorlik, sessiya.


Qisqa xulosalar

Kredit munosabatlari iqtisodiyotda mavjud aniq uslubiy asoslarga tayanadi.Uning asosiy elementlari bo‘lgan ssuda kapitali bozori operatsiyalari ma’lum tamoyillar asosida olib boriladi. Bu tamoyillar kredit munosabatlari


rivojlanishining birinchi bosqichida ko‘zga tashlangan edi keyinchalik esa ular umumdavlat va xalqaro kredit qonunchiligida yaqqol o‘z aksini topdi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida kredit bir necha tamoyillarga ega. Bular
kreditning qaytib berishliligi, kreditning muddatliligi, kreditning ta’minlanganligi, maqsadliligi va to‘lovlilik tamoyillaridir.
Biz ko‘rib o‘tmoqchi bo‘lgan tamoyili kreditning ta’minlanganligidir. Bu tamoyil yordamida kreditning iqtisodiyotni rivojlanishida qiymat va moddiy ishlab chiqarish o‘rtasidagi bog‘liqlik ta’minlanadi. Bu tamoyilning asosiy mohiyati shundaki bunda xo‘jalik aylanishida ishtirok etuvchi bank mablag‘larining har bir so‘miga muayyan miqdorda moddiy boyliklar qarama-qarshi turishi kerak.
Banklar tomonidan iqtisodiyot tarmoqlariga berilgan har qanday kreditlar to‘liq tovar-moddiy boyliklari bilan yoki ma’lum xarajatlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Tarmoqlarga ta’minlanmagan kreditlarning berilishi bank kreditlarining bankka qaytib kelmasligiga asos bo‘ladi. Bu o‘z navbatida bankning likvidligiga va pul muomalasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. SHuning uchun ham bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar tomonidan beriladigan kreditlarning tovar
moddiy-boyliklari va xarajatlar bilan ta’minlangan bo‘lishiga alohida e’tibor berilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar faoliyatidagi eng asosiy muammolardan biri berilgan ssudalarning qaytarilmasligidir. Ushbu muammoni qisman hal etish ya’ni mijoz tomonidan kreditni qaytara olmaslik riskini kamaytirish yo‘llaridan biri mijoz mulkining ma’lum qismini berilgan kredit uchun garov sifatida talab qilishdir. O‘zbekiston Respublikisining bank qonunchiligi tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar turli shakldagi ta’minlanganlikka ega bo‘lishi ko‘zda tutiladi.


Nazorat savollari

1. Kreditning ta’minoti degandanima tushiniladi?


2. Nechta kredit ta’minoti turlarini bilasiz?
3. Banklar amaliyotida kreditning qaytarilish manbalari qanaqa?
4. kredit qaytarilishining ta’minoti likvidligi jihatidan necha hil bo’ladi?
5. Amaliyotda kafillik shartnomasini tuzishning necha holatlari uchraydi?
6. Bank kafolati nima?
7. Xalqaro talablarga muvofiq bank kafolatida qanaqa ma’lumotlar aks ettirilish kerak?
8. Garov mexanizmini amalga oshirish qanaqa bosqichlardan iborat bo‘ladi?
Yüklə 23,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin