5-mavzu mavzu va variatsiyalar (variatsion shakl)


Qat’iy variatsiyalar mavzusi



Yüklə 23,37 Kb.
səhifə5/5
tarix30.01.2022
ölçüsü23,37 Kb.
#51819
1   2   3   4   5
5-mavzu

Qat’iy variatsiyalar mavzusi soda, oson esda qoladi, garmonik tili murakkab emas, shakli tugal va aniq. Ularning fakturasi ko’pincha gomofon yoki akkordli.

Mavzu shakli, odatda, ikki qismli, ba’zan bir qismli. Ba’zida reprizasi qisqartirilgan uch qismli shakl ham uchraydi.

Ko’p hollarda mavzuni variatsiyalash imkoniyati ostinato variatsiyalarga nisbatan anchagina keng. Ostinat variatsiyalarda faqat jo’rovozlar variatsiyalansa, qat’iylarda ham jo’rlik, ham kuyning o’zi variatsiyalanadi, qolaversa, variatsiyalash usullari ham rang-barang.

Asosiy variatsiyalash usuli bo’lib mavzuni naqshinkor (ornamental) qayta ishlanishi saqlanadi. Ornamentatsiya (naqshlash) kuyning asosiy tonlarini turli yordamchi tonlar bilan o’rash, keng intervallarni pog’ona-pog’ona haraka bilan to’ldirish bilan amalga oshiriladi. Shu tufayli kuyning asosiy tonlari atrofida go’yo naqsh hozil bo’ladi (naqshinkor degan nom ham shundan). Naqsh uchun mayda cho’zimlardan: forshlag, gruppetto, gammasimon tez passajlardan foydalanish xarakterli (V.A.Motsart. Sonata A-dur).

Alohida ohanglarni bir registrdan boshqasiga o’tkazishga yo’l qo’yiladi (L.Betxoven. Sonata №12, I q).

Variatsiyalarda mavzuning garmonik asosi va shakli o‘zgarishsiz qoladi, variatsiyalash asosan fakturani rivojlantirish yo’li bilan amalga oshirlladi.

Ko‘pincha murakkab figuralash polifonik usullarni kiritish bilan kechadi va bu fakturani yanada murakablashtiradi. Bunday variatsiyalarda garmoniya va faktura ko‘pincha kuyning oddiy jo‘rligi bo’lmasdan, ifodaviylikning asosiy omillaridan biri sifatida ahamiyat kasb etadi.

Variatsiyalarni joylashtirishda mahum qoida kuzatiladi:

1. Variatsiyalar shunday joylashtiriiadiki, har bir navbatdagisi (keyin keladigani) oldingisidan murakkabroq bo’ladi.

2. Yirik variatsion turkumlarga guruhli joyiashtirishlar xos, ya’ni mavzuning bir turda variatsiyalanishi belgilariga ko‘ra. Variatsiyalarning yonma-yon joylashgan har bir guruhi o‘xshash fakturada bayon qilinadi, shu tufayli butun asar yirik bo‘limlar tarzida idrok etiladi.

3. Variatsiyalarni birlashtirishda kulminatsiyalarni joylashtirish katta ahamiyat kasb etadi.

4. Kontrast tamoyili katta rol o‘ynaydi. Bunga ko‘p jihatdan ayrim variatsiyalar uchun nomdosh tonallikdan foydalanish major va minorni taqqoslash kontrastini berib, ko‘maklashadi. Variatsiyalar orasidagi kontrastga yonma-yon joylashgan variatsiyalarda turlicha fakturadan, masalan, polifonik va akkordli bayondan foydalanish yo ‘li bilan ham erishiladi.

Variatsion turkum kompozitsiyasi uchun oxirgi ikki variatsiya tuzilishi va xususiyatlari katta ahamiyatga ega.

Oxiridan oldingi variatsiya, asarning tematik ibtidosini esga solib, mavzuning dastlabki yoki unga yaqin bayoniga qaytadi (Betxoven. ≪32 variatsiya≫).



Oxirgi variatsiya esa turkumni tugallaydi va shu sababli tugallovchi va umumlashtiruvchi ahamiyat kasb etadi. Odatda, oxirgi variatsiyada yangi, yanada murakkab fakturadan foydalaniladi. Oldingi variatsiyalar bilan solishtirganda u kodaning qo‘shilishi sababli kattalashadi (Motsart. Sonata A-dur, II q.; Betxoven. Sonata №12, II q).

Mavzu bo’yicha adabiyotlar.

  1. Rahimov Q. “Musiqa nazariyasi “T. Musiqa” nashryoti, 2007

  2. Rahimov Q. Musiqaning elementar nazariyasi bo’yicha mashq va vazifalar to’plami. Toshkent, “O`zbekiston”, 2006.

  3. Rahimov Q. Garmoniya bo’yicha mashq va masalalar to’plami. «Aloqachi», 2005.

Yüklə 23,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin