Mikroorganizmlaming yig‘ma (elektiv) to‘plamini olish usullari
Tarkibida mikroorganizmlar yaqin turlarining yoki hatto bir turining vakillari
ko'pchilikni tashkil etgan to'plamlar yig'ma yoki elektiv deb ataladi (lotincha
e lestus- tanlangan degani). Oziq-ovqat mahsuloti (yoki boshqa obyekt)
ning mikroflorasi tarkibini o'rganishda yig'ma to'plamdan toza to'plam ajratib
olinadi. Yig'ma to'plam olish uchun tekshiruvchini qiziqtiradigan
mikroorganizmlaming ko'plab rivojlanishini ta‟minlovchi sharoit yaratiladi.
Buning uchun eng avvalo o'ziga xos tanlama muhitdan foydalaniladi; ular
mikroorganizmlar muayyan guruhlarining ozuqa muhitiga bo'lgan fiziologik
talabini eng to'liq ta'minlaydi. Bu muhitlar birga uchraydigan boshqa
mikroorganizmlar uchun kam foydali yoki ular uchun umuman yaroqsiz
bo'lishi kerak.
Muhit reaksiyasi (pH), temperatura, kislorod bor-yo'qligi, antibiotiklarga va
boshqa birikmalarga chidamliligi yig'ma to'plam olishga ta'sir etadigan muhim
omillardir. Masalan, muhitning kislotaliligi oshirilib, bakteriyalarning rivojlanish
imkoniyati yo'qotiladi va achitqi hamda mitseliyli zamburug'larning o'sishi uchun
qulay sharoit yaratiladi. Termofil organizmlaming yig'ma to'plami 45-65°C,
ba'zan hatto 70-75°C temperaturada olinadi. Muhitga ma'lum konsentratsiyada
penitsillin
qo'shilsa,
grammanfiy
bakteriyalarning
yoki
achitqilarning
rivojlanishiga ta'sir etadi. Neomitsin yoki penitsillin streptomitsin bilan
birgalikda bakterial mikroflorani nobud qiladi va achitqilarning rivojlanishi
uchun sharoit yaratadi. Nistatin esa aksincha, bakteriyalarga ta'sir etmay,
achitqilarning hayot faoliyatiga to'sqinlik qiladi.
Aeroblarning yig'ma to'plamini olish uchun ozuqa muhitni kolbalarga yupqa
qilib (1,5-2 sm) quyib, tebratma uskunada (kachalkada) o'stiriladi. Anaerob
mikroorganizmlar bilan boyitish uchun muhit uzun probirkalarga yoki
flakonchalarga to'ldirib quyiladi.
Bitta elektiv muhitning o'ziga yana ikkinchi marta qayta ekilishi va ma'lum turlar
uchun qulay bo'lgan sharoit yaratilishi natijasida to'plam asta-sekin kerakli
xossaga ega bo'lgan mikroorganizmlar bilan boyib boradi, birga uchraydigan
formalar kamayadi.
Quyida oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan, amalda muhim ahamiyatga ega
bo'lgan ayrim mikroorganizmlaming, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini
buzadigan, ko„p tarqalgan qo'zg'atuvchilarning elektiv to'plamini olish usullari
bayon etiladi.
Har bir talaba biror elektiv to'plamni oladi, ya'ni mavzuning bitta topshirig'ini
bajaradi. Har qaysi topshiriq ikkita laboratoriya mashg'ulotida bajariladi: birinchi
mashg'ulotda ma'lum bakteriyalarni to'plash-yig'ish uchun tajriba o'tkaziladi;
ikkinchi mashg'ulotda tajriba natijasi tahlil qilinadi. Sut achituvchi
bakteriyalarning yig„ma to'plamini olish. Bunda qatiq, tuzlangan sabzavot va
mevalar, o'simliklar guli yoki bargi va boshqa obyektlar sut achituvchi
bakteriyalarni ajratib olish uchun boshlang'ich material bo'lib xizmat qiladi.
Sut achituvchi bakteriyalar o'stiriladigan elektiv muhit 3-ilovada berilgan. Ye. I.
Kvasnikov sut achituvchi bakteriyalarning spirtga chidamliligini hisobga olib, sut
achituvchi mezofil bakteriyalarning yig'ma to'plamini olishning quyidagi usulini
taklif etdi: tekshiriladigan material optimal muhitga ekiladi va 18-24 soatdan
keyin unga etil spirti qo'shiladi. Sut achituvchi kokklarni ajratib olish uchun
muhitdagi spirt konsentratsiyasini 8-10 hajm %, sut achituvchi tayoqchalar
uchun 12-14 hajm % darajada saqlash mumkin. Spirtli manbalar (vino, brajka,
pivo) dan ajratib olingan ba'zi turlar (Lactobacillus buchneri, L. brevis, L.
fermenti) uchun spirt konsentratsiyasi 16-18 hajm % gacha oshiriladi.
Sut achituvchi termofil bakteriyalarning yig'ma to'plamini olish uchun solod
sharbati bo'lgan kolbaga ozgina yanchilgan arpa yoki arpa solodi qo'shib,
termostatda 48- 50°C da saqlash mumkin. 1-2 kundan keyin muhit qavatida
tovlanadigan
kuchsiz
to'lqinsimon
loyqa
paydo
bo'ladi;
mikroskopda
tekshirilganda ingichka, uzun, harakatlanmaydigan sporasiz tayoqchalar ko'rinadi.
Achitqilarning yig'ma to'plamini olish. Boshlang'ich material sifatida presslangan
yoki ekiladigan ishlab chiqarish achitqilaridan, pishgan uzum, rezavor mevalardan,
pivo yoki vino cho'kmasidan, non achitqilari va hokazolardan foydalanish
mumkin. Materialdan ozgina olib, solod sharbatiga (pH 4-4,5), uzum sharbatiga
yoki sintetik elektiv muhitga qo„shilsa va termostatda 28-30°C da saqlansa,
achitqilar avj olib rivojlanadi. Solod sharbatida avj olib, rivojlanadigan mitseliyli
zamburug'lari o'sishining oldini olish uchun 4-6 hajm % etil spirti yoki 0,2 %
natriy propionat qo„shish mumkin. Birga uchraydigan bakteriyalar muhitga
levomitsetin (50 mg/1), neomitsin (20 birlik/mg) yoki penitsillin bilan
streptomitsinning aralashmasini (50- 100 birlik/ ml) qo„shib yo'qotiladi.
Takomillashmagan achitqilarni yo'qotish uchun ozuqa muhitiga 0,1-0,2 %
miqdorda yod-sirka kislota yoki lizinli sintetik muhitga boshlang„ich
materialdan qo'shiladi. Saxaromitsetlarni boshqa achitqilardan ajratib olish
uchun muhitga 2,5 % etilatsetat qo'shib, sirka kislota bilan muhit pH 4,0 gacha
yetkaziladi.
Spora hosil qiluvchi bakteriyalarning yig'ma to'plamini olish. Bu to'plamlar
dastlab pasterlangan substratlardan olinadi. Bacillus subtilis ning yig'ma to'plami
uchun maydalab qirqilgan pichan ustiga 40°C gacha isitilgan suv quyib,keyin
10-15 minut qaynatiladi. 2-3 kundan keyin substrat yuzasida akatsiya hidi
anqib turadigan kulrang-oq plyonka hosil bo'ladi. U B. subtilis tayyoqchalaridan
tashkil topgan bo'ladi.
Moy kislota hosil qiluvchi bakteriyalarning yig„ma to'plamini olish. Buning
uchun bo'r (mel) qo'shilgan sterillangan kartoshkali muhitdan foydalaniladi.
Muhitni probirkalarga 10 ml dan yoki 100 ml li kolbachalarga 80 ml dan quyib
oquvchan bug'da yoki avtoklavda 0,05 MPa da sterillanadi. Ekishdan oldin
muhitni albatta 20-30 minut qaynatib, keyin tezda suv bilan sovitiladi.
Boshlang'ich materialni sterillangan suvda ishqalab, probirkalarga 1-2 ml dan yoki
kolbachalarga 8-10 ml dan ekiladi. Shuningdek, boshlang'ich materialni
shakarning 10 % li eritmasi to'latilgan va tubida bo„r cho'kmasi bo'lgan
ingichka uzun bo'yinli kolbaga ham ekish mumkin. Muhitga kichik bo'lak
aynigan pishloq qo'shiladi.
Moy kislota hosil qiluvchi bakteriyalarning yig'ma to'plamini olishning oddiy
(sodda) usuli quyidagicha: uzun bo'yinli kolbaga po'chog'i archilmagan
kartoshkadan bir necha bo'lak solib, ustiga suv quyiladi va 80°C da 10 minut
pasterlanadi, shundan keyin termostatga 37°C issiqqa qo'yiladi. 1-2 kundan
keyin mikroskopda qaralganda suyuqlikda spora hosil qiluvchi juda ko'p
tayoqchalar borligini ko'rish mumkin.
Sirka kislota hosil qiluvchi bakteriyalarning yig'ma to'plamini olish. Buning
uchun 50 ml hajmli konussimon kolbaga ozuqa muhiti - pasterlangan pivodan
yupqa qatlam qilib (1-1,5 sm) quyib, unga 1 ml 5% li sirka kislotasi
qo'shiladi. Muhitga kislota qo'shish sirka kislota hosil qiluvchi bakteriyalarning
rivojlanishiga to'sqinlik qilmaydi, lekin begona mikrofloraning o'sishini cheklab
qo'yadi. Kolba termostatga 25-30°C issiqqa qo'yiladi. 2-3 kundan keyin pivo
yuzasida sirka kislota hosil qiluvchi bakteriyalar plyonkasi paydo bo'ladi. Spora
hosil qilmaydigan bu bakteriyalar mayda tayoqchalardir, ular harakatchan yoki
harakatlanmaydigan bo'ladi.
Sirka kislota hosil qiluvchi bakteriyalarning yig'ma to'plami solodli yoki
karamli muhitda ularga 4 hajm % etil spirti va 20 birlik/ml monomitsin
antibiotigi qo'shib, bu muhitlarga achigan vino, pivo yoki boshqa materiallarni
ekish yo'li bilan olinadi.
Dostları ilə paylaş: |