Qatlam siquvi kuchlarini ishlatgan holda gaz-neft chegarasini siljitmay qazib chiqarish tartibi. Bunday holat qatlamdan neft oluvchanlik qobiliyatini oshirish maqsadida qilinadi va uning amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Yuqorida aytganimizdek gaz bilan neftning siqib chiqarilishi uncha foydali emas, shuning uchun bu chiziqni o`zgarmas holda qoldirish maqsadida hisoblarga qarab ma`lum miqdorda gaz - gazli quduqlaridan olinib turadi. Bunda gaz qalpoqining hajmi o`zgarmay turaveradi va bosim kamayishi hisobiga neft suv chegarasi yuqoriga qarab so’rilaveradi. Bunday sharoitda ham quduqdar tubiga gaz yoki suvning yorib, kirishini kuzatish mumkin, shuning uchun ularni otishda bo`lishi mumkin holatlarni inobatga olishni taqozo etadi.
Bunday holat ya`ni gaz qalpoq quvvatini neytrallashtirish usuli qatlam sharoitidagi neftning kam qovushqoqligi, neft uyumining gazga nisbatan anchagina kattaligi qayd etilganda, qatlamning o`tkazuvchanlik xususiyati yuqori bo`lgan hollarda juda yaxshi natijalar beradi.
Qatlamga ta'sir qilish bo'lmagan ishlash tizimlari
Agarda neft (gaz) koni asosiy davrda suv-neft chizig'ining siljishi ahamiyatsizligi, shuningdek chegara suvlarining faolligi kuchsizligi bilan xususiyatlanadigan erigan gaz rejimida ishlanadigan bo'lsa, unda qatlamga ta'sir qilish bo'lmagan ishlash tizimlari qo'llaniladi.
Bunday tizimlar uchli quduqlar bir tekis, geometrik to'rt nuqtali (2a - rasm) va uch nuqtali (2b - rasm) to'r bo'yicha quduqlarning joylashishi xususiyatli.
2- rasm.1-neftlilik chizig'i; 2-oluvchi quduqlar;
Agar suv-neft yoki gaz-neft tutashmasining siljishi muqarrar bo'lsa, unda quduqlar bu holatni hisobga olgan holda joylashtiriladi (3- rasm).
- neftlilikning tashqi chegarasi;
- neftlilikning ichki chegarasi; Neft konlarining qatlamga ta'sir qilish bo'lmagan tizimlari kam, faqat quyidagi holatlarda qo'llaniladi:
o'lchamlari (zahirasi) nisbatan kichik, chegara orti suvlari faol bo'lgan konlarni ishlashda;
qovushqoqligi yuqori neft konlarini ishlashda.
- oluvchi quduqlar;