5-mavzu. O`zbekistonda davlat mustaqilligining qo`lga kiritilishi. Huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish. Mustaqillik yillarida



Yüklə 121,75 Kb.
səhifə13/15
tarix14.12.2023
ölçüsü121,75 Kb.
#177627
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
O`zbekistonda davlat mustaqilligining qo`lga kiritilish

Birinchi bosqich (1997 – 2001 yillar)da mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini
saqlab qolish asosida Ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar
jihatidan, ilmiy – uslubiy, moliyaviy – moddiy shart – sharoitlar yaratish vazifalari ro‗yobga
chiqariladi.
Ikkinchi bosqich (2001 – 2005 yillar)da Milliy dastur to‗liq ro‗yobga chiqadi, mehnat
bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy – iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga
aniqliklar kiritiladi.
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar)da to‗plangan tajribani tahlil etish va
umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq
kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtiriladi va rivojlantiriladi.
Mamlakatimizning me'moriy yodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro‗yxatiga
kiritilgan. 2500 ta me'moriy obida, 2700 ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san'at asari
davlat muhofazasiga olingan. Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey –
qo‗riqxonalarida butun dunyodagi eng nodir tarixiy yodgorliklar, me'moriy obidalar,
monumental san'at asarlari saqlanib qolgan, davlat muhofazasida yangidan chiroy ochayotgan

muzeylar sifatida e'tirof etilgan. Ma'lumotlarga ko‗ra, 2000 yil boshlarida O‗zbekiston


Respublikasi madaniyat ishlari vazirligi tasarrufidagi jami muzeylar 1.350 ming eksponantlarga
ega bo‗lgan. Hozirda ularning soni yana boyitib borilmoqda. 2001 yilda respublika teatr
san'atida muhim tarixiy voqyea sodir bo‗ldi. Hamza nomidagi O‗zbek akademik drama teatri
binosi muhtasham koshona shaklida qayta qurildi, zamonaviy teatr uskunalari va mebellar bilan
jihozlandi. Prezident farmoni bilan unga Milliy teatr maqomi berildi.
O‗zbekiston hukumati «O‘zDAEWOOavto» qo‗shma korxonasiga butlovchi qismlar
tayyorlovchi korxonalar qurish tadbirlarini amalga oshirdi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining
1995 yil 30 mayda qabul qilingan «Avtomobillar uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqaradigan
O‗zbekiston – Koreya qo‗shma korxonalarini tashkil etish to‗g‗risida»gi qarori muhim
ahamiyatga ega bo‗ldi. Qarorga muvofiq «O‘zDAEWOOavto» uchun butlovchi qismlar
tayyorlaydigan korxonalar tizimini yaratishni mahalliylashtirish dasturi ishlab chiqildi va qurilish
ishlari boshlandi. 1996 – 2006 yillarda lak – bo‗yoqlar, avtomobil o‗rindiqlari, ichki jihozlari,
elektr kabellari, shinalar, disklar, toblangan oynalar, tovush pasaytirgichlari, yoqilg‗i baki,
bamperlar va boshqa butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi «O‘z – Dong Ko», «Yan Ko», «O‘z –
Sem Yun Ko», «O‘z – Dong Von Ko», «O‘z – Tong Xong Ko», «O‘z – Karam Ko»,
«elektromash», «Meridian» kabi 75 ta yangi qo‗shma korxonalar, ishlab chiqarish quvvatlari
barpo etildi.
1999 yil oktyabrda Janubiy Koreyadagi yirik «eksimbank» bilan «O‘zDAEWOOavto»
zavodini moliyaviy jihatdan qo‗llab – quvvatlash bo‗yicha bitim tuzildi va «DAEWOOMotors»
kompaniyasi bilan hamkorlikda «O‘zDAEWOOavto» zavodida «Matiz» va «Neksiya – 2»
rusumli avtomobillar ishlab chiqarishga kirishildi. «O‘zDAEWOOavto» zavodiga 2000 yil
yanvarda «ISO - 9001» sertifikati berildi.
2001 yil avgustda «O‘zDAEWOOavto» zavodida yangi liniya barpo etilib, xalqaro
andozalarga to‗la javob beradigan, har tomonlama qulay, ilg‗or dizayn va texnik afzalliklari
bilan ajralib turadigan «Matiz» rusumli yangi avtomobil ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yildi. 2003
yilda yana bir liniya barpo etilib, «Lasetti» avtomobili ishlab chiqarish boshlandi. 2004 yilda
70070 dona avtomobil ishlab chiqarildi. 2007 yil oktyabr oyida «O‘zDAEWOO» avto negizida
«General Motors» korporatsiyasi bilan hamkorlikda «GM O‘zbekiston» qo‗shma korxonasi
tashkil etildi. Natijada Asakada dunyoda mashhur «Shevrale» avtomobillari — «Captiva»,
«Epika», «Takuma» rusumli engil avtomobillar ishlab chiqarilmoqda.
2010 yilda «Shevrale» avtomobili – «Spark» rusumli yangi avtomobil ishlab chiqarish yo‗lga
qo‗yildi.
O‗zbekistonda 2014 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari aniq maqsadni
ko‗zlab va tizimli amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyotni va uning yetakchi tarmoqlarini
rivojlantirishning barqaror yuqori sur'atlariga erishilganligi qayd etildi.
2014 yil yakunlari bo‗yicha mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 8,1 foizga, sanoat
mahsuloti ishlab chiqarish hajmi – 8,3 foizga, qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi hajmi – 6,9
foizga, kapital qurilish hajmi – 10,9 foizga, chakana tovar aylanmasi hajmi – 14,3 foizga o‗sdi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori qo‗shilgan qiymatli tayyor tovarlar
tashkil etdi.
Inflyasiya darajasi 6,1 foizni tashkil etdi, bu prognozdagidan ancha pastdir. Davlat byudjeti,
soliq yuki 20,5 foizdan 20,0 foizgacha kamaygani va foydadan olinadigan soliq stavkasi 9
foizdan 8 foizgacha pasaygani holda, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan ijro
etildi. Bank tizimini qayta isloh qilish va mustahkamlash 2014 yilda Markaziy bankning qayta
moliyalashtirish stavkasini 12 foizdan 10 foizgacha pasaytirish va tijorat banklarining kreditlari
bo‗yicha foiz stavkasini tegishlicha kamaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
2015 yilda yalpi ichki mahsulotning o‗sish sur'atlari barqaror ravishda 8 foizdan yuqori bo‗lib
kelmoqda, makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar mutanosibligi, davlat byudjeti va to‗lov balansining
barqaror ravishda profitsit bilan bajarilishi, eksport va oltin-valyuta zaxiralarining o‗sishi
ta'minlanmoqda.
2015 yilda iqtisodiyotimizga qariyb 16 milliard dollar qiymatidagi investitsiya kiritildi va

bu
asosiy


fondlar
umumiy
hajmining
salkam
23,3
foizini
tashkil
etadi.
O‗tgan 5 yil davomida iqtisodiyotimizga jami bo‗lib qariyb 67 milliard dollar investitsiya
yo‗naltirildi, buning 21 foizdan ortig‗i xorijiy investitsiyalardir.
Buning natijasida mamlakatimiz, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi tanib bo‗lmas darajada
o‗zgarib bormoqda, ishlab chiqarish va sanoat jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda, uning tarkibi
tubdan yangilanmoqda, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalar ishga
tushirilib, ishlab chiqarish modernizatsiya va diversifikatsiya qilinmoqda, iqtisodiyotimizning
raqobatdoshligi oshmoqda.
Bugun biz O‗zbekistonimizda barpo etilayotgan eng zamonaviy, ulkan va noyob sanoat
ob'ektlari bilan har tomonlama faxrlanishga haqlimiz. Ayniqsa, Surg‗il koni negizida qiymati 4
milliard dollardan ziyod bo‗lgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi kabi ob'ektlarning foydalanishga
topshirilayotgani, «Jeneral motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda avtomobil dvigatellari ishlab
chiqarilayotgani, «MAN» kompaniyasi ishtirokida Samarqand viloyatida yuk avtomobillari va
avtobuslar ishlab chiqaradigan yangi kompleks tashkil etilgani, shuningdek, Yaponiyaning
«Isuzu» kompaniyasi bilan birgalikda avtobuslar ishlab chiqarilayotgani, «Xorazm avtomobil
ishlab chiqarish birlashmasi» mas'uliyati cheklangan jamiyati bazasida «Damas» va «Orlando»
yengil avtomobillari ishlab chiqarish o‗zlashtirilganini alohida ta'kidlash o‗rinlidir.
2015 yilni yurtimizda Keksalarni e'zozlash yili, deb e'lon qilingan edi. Shu munosabat bilan
keksalarimizni moddiy qo‗llab-quvvatlash maqsadida 2015 yilning o‗zida 2 million 750 ming
nafar otaxon va onaxonlarimizning pensiya miqdori 20 foizdan ziyod ko‗paytirilib, ularga davlat
byudjeti hisobidan 12 trillion 888 milliard so‗m pensiya to‗landi.
2015 yilda Investitsiya dasturi asosida 141 ta tibbiyot muassasasida qariyb 495 milliard so‗m
hajmidagi rekonstruksiya va ta'mirlash ishlari amalga oshirilgani, ularni zamonaviy diagnostika
va davolash asbob-uskunalari bilan jihozlash uchun xorijiy moliya institutlarining 25 million
dollarlik mablag‗lari jalb etilgani ayni shu maqsadga xizmat qiladi.
Shular qatorida ―Turon‖, ―Havotog‗ gulshani‖, ―Chimyon‖, ―Sitorai Mohi Xosa‖, ―Kosonsoy‖,
―Nuroniy‖, ―Tovoqsoy‖, ―Taxiatosh‖, ―Marjon suvi‖ sanatoriylarida, shuningdek, Toshkent va
Sirdaryo viloyatlaridagi ―Saxovat‖ uylarida qariyb 40 milliard so‗mlik qurilish, rekonstruksiya
va kapital ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‗zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik
va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish
borasida bajarilayotgan ishlar alohida e'tiborga loyiq.
2015 yilda ana shu maqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 milliard
800 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi va o‗zlashtirildi. Bu 2014 yilga
nisbatan 9,5 foiz ko‗p demakdir. Jami investitsiyalarning 3 milliard 300 million dollardan ziyodi
yoki 21 foizdan ortig‗i xorijiy investitsiyalar bo‗lib, shuning 73 foizi to‗g‗ridan-to‗g‗ri chet el
investitsiyalaridir. Investitsiyalarning 67,1 foizi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga
yo‗naltirildi. Bu esa 2015 yilda umumiy qiymati 7 milliard 400 million dollar bo‗lgan 158 ta
yirik ishlab chiqarish ob'ekti qurilishini yakunlash va foydalanishga topshirish imkonini berdi.
2015 yilda amalga oshirgan keng ko‗lamli, uzoqni ko‗zlagan islohotlarni hayotga tatbiq etish
erkin tadbirkorlikka keng imtiyoz va preferensiyalar yo‗lini ochib berish, investitsiyalar, avvalo,
chet el investitsiyalarining hajmini oshirish va joriy etish iqtisodiyotimizning barqaror o‗sish
sur'atlarini va uning makroiqtisodiy mutanosibligini ta'minlash bo‗yicha o‗z ijobiy ta'sirini berdi,
desak, ayni haqiqatni aytgan bo‗lamiz.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, hisobot yilida
yalpi ichki mahsulot 8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foiz, qishloq xo‗jaligi
mahsulotlari qariyb 7 foiz, qurilish-montaj ishlari hajmi salkam 18 foizga oshdi.
Yillik byudjet yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan bajarildi. Inflyasiya darajasi
5,6 foizni tashkil qildi, ya'ni prognoz ko‗rsatkichlari doirasida bo‗ldi.
Xalqaro miqyosda katta nufuzga ega bo‗lgan Jahon iqtisodiy forumi reytingiga ko‗ra,
O‗zbekiston 2014-2015 yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016-2017 yillarda iqtisodiy o‗sish
prognozlari bo‗yicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy

olgani albatta barchamizga mamnuniyat yetkazadi. Bundan tashqari, 2015 yilda mamlakatimiz


Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‗jaligi tashkiloti (FAO)ga a'zo
davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash sohasida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga
erishgani uchun beriladigan mukofotiga sazovor bo‗lgan 14 ta davlatdan biri sifatida e'tirof
etildi.
2016 yilda qishloq joylarda 1 million 800 ming kvadrat metrdan ziyod hajmdagi 13 mingta
uy-joy barpo etish, uzunligi 900 kilometr ichimlik suvi, gaz va elektr tarmoqlari, 325 kilometr
yo‗l qurish mo‗ljallangan bo‗lib, 2016 yilda iqtisodiyotimizni rivojlantirish, modernizatsiya
qilish va tarkibiy o‗zgarishlarni amalga oshirish uchun 17 milliard 300 million dollar
qiymatidagi investitsiyalar yo‗naltirish, ularning o‗sish sur'atini 109,3 foizga yetkazish
belgilangan. Ana shu investitsiyalarning 4 milliard dollardan ortig‗ini xorijiy investitsiyalar
tashkil qiladi.
2016 yil Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan ―Sog‗lom ona va bola yili‖ deb e'lon
qilingan edi. Bu borada Davlat dasturi tasdiqlanib, ko‗plab tadbirlar amalga oshirildi.
Xususan, joriy yilda qabul qilingan ―Yoshlarga oid davlat siyosati to‗g‗risida‖gi Qonun
ushbu sohaning asosiy yo‗nalishlari bo‗lgan ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy chora-
tadbirlarni aniq belgilab berdi. Dasturda belgilangan tadbirlar bo‗yicha 9 millionga yaqin farzand
ko‗rish yoshidagi ayollar va 10 millionga yaqin bolalar tibbiy ko‗rikdan o‗tkazilib,
sog‗lomlashtirildi. Jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot
markazida eshitish bo‗yicha nuqsoni bo‗lgan 350 nafardan ortiq bolalarda koxlear implantatsiya
operatsiyalari amalga oshirildi. Buning uchun 21 milliard so‗m mablag‗ sarflandi. Yurtimizda
bolalar sportini rivojlantirish, ayniqsa, qiz bolalar o‗rtasida sportni ommalashtirish borasidagi
ishlarning davomi sifatida umumta'lim maktablarida 220 dan ziyod sport zallari barpo etildi.
Yosh oilalar, tadbirkor ayollar, kollej bitiruvchilari, oilaviy biznes va hunarmandlikni
qo‗llab-quvvatlash uchun tijorat banklari tomonidan yil davomida 2 trillion so‗mdan ortiq
kreditlar ajratildi.
Albatta, ―Sog‗lom ona va bola yili‖ Davlat dasturi doirasida amalga oshirgan ishlarimiz haqida
yana uzoq gapirish mumkin. Lekin, muxtasar qilib aytadigan bo‗lsak, ana shu maqsadlar uchun
barcha manbalar hisobidan 7 trillion 480 milliard so‗m va 190 million dollardan ziyod mablag‗
sarflandi. 2017 yilni yurtimizda ―Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili‖ deb e'lon qilindi.
shu munosabat bilan 2017 yildan boshlab barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar
organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimi joriy etildi. Shu bilan birga, har bir
tuman va shaharda ―Xalq qabulxonalari‖ni tashkil etish va ularning to‗laqonli faoliyat
ko‗rsatishini ta'minlandi. Muxtasar aytganda, odamlarning dardini eshitish, ular bilan ochiq
muloqotda bo‗lish, og‗irini yengil qilish — aholining davlat va jamiyatga ishonchini
mustahkamlash borasida qator ishlar amalga oshirildi. Yana bir ustuvor vazifa — yangi 2017
yildan boshlab qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‗yicha arzon va qulay uy-
joylar qurish dasturiga amalda tadbiq etila boshlandi.
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida ma‗naviyat va madaniyatning yuksalishi, boyishi
o`zligimizni anglab olishga, milliy qadriyatlarimizni umuminsoniy qadriyatlar bilan
uyg‘unlantirishga yordam bermoqda. Boz ustiga, ma‗naviy o`zgarishlar millatni yagona bayroq
ostida birlashtirishga xizmat qilishi bilan bugun jahonda e‗tirof etilayotgan o`zbek xalqining
taraqqiyot sari yetaklovchi muhim haraktlantiruvchi kuchlardan biriga aylanmoqda.

Yüklə 121,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin