5-mavzu. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar. Reja


O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning



Yüklə 418,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix17.04.2023
ölçüsü418,54 Kb.
#99176
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
5-mavzu

2. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning 
ahamiyati. Ko‘ppartiyaviylik (siyosiy plyuralizm)
– jamiyat hayotida ikki yoki 
undan ortiq partiyaning faoliyat yuritishi. Ko‘ppartiyaviylik tizimini izchil 
rivojlantirish — davlat hokimiyatini dеmokratlashtirishning muhim sharti 
hisoblanadi. Ko‘ppartiyaviylik dеmokratik siyosiy tizimning uzviy bеlgisidir. 
Siyosiy tizimda xilma-xil siyosiy partiyalarning mavjud bo‘lishi, hokimiyat uchun 
kurash olib borishi yoki hokimiyatni amalga oshirishda faol ishtirok etishi siyosiy 
jarayonlar dеmokratik tartibda, o‘zaro raqobatlashuv va hamkorlikda amalga 
oshishining garovidir. 
Mustaqiliik sharofati bilan O‘zbekistonda siyosiy partiyalarning shakllanishi 
uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Ko‘p partiyaviylik prinsipi asosida partiyalar 
tizimi shakllantirildi. Partiya so‘zi – lot. partio – bo‘laman, ajrataman degan 
ma’noni anglatadi. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini 
ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali 
davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. 
1996-yil 26-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar 
toʻgʻrisida»gi 337-I-sonli Qonuni qabul qilinib, siyosiy partiyalar faoliyatining 
huquqiy asoslari yanada rivojlantirildi va mustahkamlandi. 
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda demokratik jamiyatning qonuniy belgisi 
bo‘lgan ko‘p partiyaviylik tizimi shakllandi, jamiyat tashkilotlari tubdan 
yangilandi. Hozirda O‘zbekistonda 5 ta siyosiy partiya faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 
1. «O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (O‘zbekiston XDP)» — 
1991-yil 14-sentabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Kommunistik partiyasining 



oxirgi favqulodda XXIII s’yezdi bo‘lib, unda KPSS tarkibidan chiqish va sifat 
jihatidan yangi siyosiy tashkilot – «O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi»ni 
tuzish haqidagi Bayonot qabul qilindi. 1991-yil 1-noyabr Toshkentda bo‘lib o‘tgan 
I ta’sis qurultoyida O‘zbekiston XDP ga asos solingan. Bu quriltoyida partiyaning 
Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O‘zbekiston XDP ning «O‘zbekiston ovozi», 
«Голос Узбекистана» gazetalari va «Muloqot» jurnali nashr etilmoqda. Veb 
manzili: 
https://xdp.uz/

Yüklə 418,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin