5-mavzu. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar. Reja


Mustaqil O‘zbekistonda milliy davlat boshqaruvi tizimi



Yüklə 418,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/14
tarix17.04.2023
ölçüsü418,54 Kb.
#99176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
5-mavzu

1. Mustaqil O‘zbekistonda milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqillik 
sharofati bilan o‘zbek xalqi o‘z taqdirini o‘zi hal qilish, kelajagini o‘zi belgilash 
huquqiga ega bo‘ldi. O‘tish davrida O‘zbekiston o‘zining mustaqil siyosiy va 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini belgilab oldi. Demokratik tamoyillar asosida 
amalga oshirilgan tub islohotlar natijasida davlat hokimiyatining turli tuzilmalarida 
o‘zgarishlar yuz berdi.



Ma’lumki, mamlakatimizda milliy davlat boshqaruvi tizimini barpo 
etishning asoslari O‘zbekiston Rеspublikasi Konstitutsiyasida qayd qilingan. 
Xususan, bosh Qomusimizning 11-moddasiga muvofiq, «O‘zbekiston Rеspublikasi 
davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va 
sud hokimiyatiga bo‘linishi printsiplariga asoslanadi», deb ko‘rsatilgan. 
O‘zbekistonda qonun chiqaruvchi hokimiyat – Oliy Majlisijro etuvchi hokimiyat 
– Vazirlar Mahkamasisud hokimiyati — sudlar amalga oshiradi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi — Birinchi davr: 1991-1994 yillar. 
Oʻzbekiston parlamenti, oliy davlat vakillik, qonun chiqaruvchi organi. 
O‘zbеkiston 1991 yil 1 sеntyabrda davlat mustaqilligiga erishgach, davlat 
hokimiyatining eng muhim institutlaridan biri sifatida milliy parlamеntni 
rivojlantirishning 
sifat 
jihatidan 
yangi 
bosqichi 
boshlandi. 
Milliy 
parlamеntarizmning eng yangi tarixi umum e’tirof etilgan uchta asosiy davrga 
bo‘linadi. 
 Birinchi davr: 1991-1994 yillar. 
 Ikkinchi davr: 1995-2004 yillar. 
 Uchinchi davr: 2005 yildan hozirgi paytgacha. 
O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda, 1990-yilning 18-fevralida 
saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi – Oliy Kengash faoliyat 
ko‘rsatmoqda edi. O‘zbekiston demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga 
oshirish yo‘lidan borib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yubormadi. U 1990 – 
1994-yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat ko‘rsatdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi o‘z faoliyatini boshlagan paytda 
sobiq Ittifoq tuzumining qonunlari amalda bo‘lgan. Mustaqil O‘zbekistonning 
mustaqil taraqqiyoti dastlab ana shu qonunlar doirasida boshlandi. Shunday bo‘lsa-
da, Oliy Kengash O‘zbekistonning mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan yangi 
qonunchilik tizimini vujudga keltirish yo‘lidan bordi va uni qadam – baqadam 
shakllantira boshladi. 1990 – 1994-yillarda Oliy Kengash 200 ga yaqin qonun, 500 
dan ziyod qaror qabul qildi, mamlakatimiz tarixida birinchi bor mamlakat 
Prezidentini sayladi, Mustaqillik Deklaratsiyasini qabul qilib, yosh davlatimizning 
suverenitetini 
mustahkamlashga qaratilgan tarixiy qonunlarni, jumladan, 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyani qabul qilganligi ham yurtimiz tarixidagi 
ulkan hodisa hisoblanadi. 

Yüklə 418,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin