8
ko‘rib chiqildi. Xususan, sudyalik lavozimiga birinchi marotaba 5-yil muddatga va
keyin 10-yil muddatga, shundan so‘ng muddatsiz tayinlash (saylash)ni nazarda
tutuvchi tartib joriy etildi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, Prezident Sh.M. Mirziyoyevning 2017-yil
21-fevraldagi
«O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan
takomillashtirish
va
faoliyati
samaradorligini
oshirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi PF-4966-sonli Farmoni sud tizimi sohadagi O‘zbekistonda amalga
oshirilayotgan davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tardi. Farmoniga
muvofiq, sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadigan va O‘zbekiston
Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya
etilishini ta’minlashga ko‘maklashadigan
Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi.
Bundan tashqari, bu Farmoniga ko‘ra, 2017-yil 1-iyundan O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudini birlashtirish,
fuqarolik, jinoiy,
ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasida sud hokimiyatining yagona oliy
organi –
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini tashkil etildi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga qarab
sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshiriladi. Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l
qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida,
qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan
tilda olib
boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi
shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘la tanishish va sud ishlarida
ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: