5-mavzu. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar. Reja


Ijro etuvchi hokimiyat – Vazirlar Mahkamasi



Yüklə 418,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix17.04.2023
ölçüsü418,54 Kb.
#99176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
5-mavzu

Ijro etuvchi hokimiyat – Vazirlar Mahkamasi. Istiqlol yillarida davlat 
boshqaruv hokimiyati tubdan isloh qilindi. Avvalo, sobiq Ittifoq davrida faoliyat 
yuritib kelgan O‘zbekiston davlat hokimiyatining ijro qiluvchi va boshqaruvchi 
oliy organi – Ministrlar Sovetining maqomi tubdan o‘zgartirildi. 1990 yil 24 
martda O‘zbekistonda prezidentlik lavozimi ta’sis etilgandan keyin hayotning o‘zi 
ijro etuvchi hokimiyat maqomini o‘zgartirishni talab qildi. 1990 yil 15 noyabrda 
O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar 
Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida» Farmoni qabul qilindi. Farmon 
asosida O‘zbekiston Prezidenti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi, Prezident 
uning Raisi bo‘ldi. Respublikada vitse – Prezident lavozimi ta’sis etilib, uning 
zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning ishini uyushtirish 
vazifasi yuklandi. 
1992 yil 4 yanvarda Vitse – Prezident lavozimi tugatildi va O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi. Bosh 
vazir zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish, uning ishini tashkil etish 
vazifasi yuklandi. O‘zbekistonda davlat ijroiya hokimiyatini takomillashtirishda 



1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 
muhim omil bo‘ldi. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini dastlab 1993 yil 6 mayda 
qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi to‘g‘risida»gi 818-XII sonli Qonuni asosida olib bordi. 
Hozirda Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining 
O‘RQ-591-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi 
Qonuniga (2019-yil 10-dekabrda qabul qilingan) muvofiq olib bormoqda. Bu 
qonun 10 ta bob, 50 moddadan iborat. Mazkur yangi tahrirdagi qonunga ko‘ra, 

Yüklə 418,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin