6
gazetalarining ham muassisi hisoblanadi. Qarorgohi — Тошкент shahrining
Mustaqillik maydonidagi Hukumat uyi.
Sud hokimiyati. O‘zbеkiston Rеspublikasi
Konstitutsiyasining XXII bob,
106-moddasiga ko‘ra, O‘zbеkiston Rеspublikasida sud hokimiyati qonun
chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan,
siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat
birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.
Mustaqillik sharofati bilan barcha sohalarda bo‘lgani kabi sud sohasida ham
islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va
1993-yil 2-sentabr O‘zbekiston Respublikasining
«Sudlar to‘g‘risida»gi 924-XII
sonli Qonun (yangi tahrirda 2000-yil 14-dеkabr, 162-II-son)ning
qabul qilinishi
mamlakatimizda sud tizimini isloh qilishning dastlabki huquqiy asosi bo‘lib xizmat
qildi.
Sud tizimidagi islohotlarni ikki davrga bo‘lish mumkin.
1) 1991 – 2016-yillar;
2) 2017-yildan keyingi davr.
Birinchi davrda 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi
sud tizimiga 5-yil muddatga saylanadigan quyidagi sudlar kirdi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy sudi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining xo‘jalik sudi;
viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar va xo‘jalik sudlari.
1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan
«Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunning 1-
moddasiga ko‘ra yuqoridagi sudlar tizimiga harbiy sudlar ham kiritildi.
2000-yil 14-dekabrda O‘zbekiston
Respublikasining «Sudlar to‘g‘risida»gi
Dostları ilə paylaş: