5-mavzu. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar. Reja


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning bir palatali parlament sifatida



Yüklə 418,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix17.04.2023
ölçüsü418,54 Kb.
#99176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
5-mavzu

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning bir palatali parlament sifatida 
faoliyati (1994-2004-yillar).
 
 1-chaqiriq Oliy Majlis koʻp partiyalilik asosda 3 turda — 1994-yil 25-
dekabr, 1995-yil 8 va 22-yanvarda boʻlib oʻtgan saylovlarda saylangan va 1995-
1999-yillarda faoliyat koʻrsatgan.
 2-chaqiriq Oliy Majlisga saylovlar 1999 yil 5 va 19 dekabrda boʻlib 
oʻtgan va u 2000 - 2004 yillarda faoliyat koʻrsatgan. Bir palatali parlament 250 
deputatdan iborat boʻlib, u ishlagan davrda 10 ta kodeks, ikkita milliy dastur, 240 
ta qonun, 468 ta qaror qabul qilingan, qonun hujjatlariga 1573 ta qoʻshimcha va 
oʻzgartirishlar kiritilgan. Bu yillarda parlament, oʻz konstitutsiyaviy vakolatlariga 
asoslanib, demokratik jamiyatning huquqiy asoslarini shakllantirish, bozor 



iqtisodiyoti prinsiplarini rivojlantirish boʻyicha muayyan ishlarni amalga oshirdi. 
Qonunchilik, davlat boshqaruvi, oʻtish davri muammolarini yechishda muayyan 
tajribaga ega boʻldi.
O‘zbekiston Respublikasida ikki palatali parlament faoliyati: 
Xalqaro huquqiy tamoyillar va rivojlangan davlatlar tajribasiga tayangan 
holda davr talabi bilan siyosiy islohotlar kengaytirilib, O‘zbekistonda bir palatali 
parlament tizimidan ikki palatali parlament tizimiga o‘tish yo‘lga qo‘yildi. Lekin 
bu jarayon muayyan davrni tashkil etdi. 
2000-yil 25-may kuni ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining ikkinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish g‘oyasini ilgari 
surdi. Bunda Prezident Islom Karimov o‘zining «O‘zgarish va yangilanish – hayot 
talabi» nomli ma’ruzasida ikki palatali parlament tuzish g‘oyasini ilgari surdi. Bu 
demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish tamoyiliga mos 
ravishda respublika parlamentini ikki palatali asosda yanada takomillashtirishni 
nazarda tutgan g‘oyadir. 
2001-yil 6 – 7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining VIII sessiyasida ikki palatali parlament tuzish 
masalasi muhokama qilindi. Sessiya ikki palatali professional parlament faoliyati 
uchun eng zarur bo‘lgan omil – yuqori malakali siyosatshunoslar, yuristlar, 
iqtisodchilar korpusi shakllanib yetilganligini, jamiyatimizda huquqiy madaniyat 
darajasining ortganligini inobatga oldi va parlamentni ikki palatali qilib tuzish 
zarur, degan xulosaga keldi. 
Ikki palatali parlamentni shakllantirish masalasi hayotning o‘zidan, 
hokimiyat tarmoqlarini aniq ajratish asosida milliy davlatchilik institutlarini 
yanada mustahkamlash zaruratidan kelib chiqadi. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, 
demokratik mamlakatlarning aksariyatida parlament ikki palatalidir. XX asrning 
so‘nggi o‘n yilliklarida ikki palatali tizim parlamentarizm taraqqiyotining asosiy 
tendensiyasiga aylandi.
2002-yil 27-yanvarda oʻtkazilgan referendumda ikki palatali parlamentni 
tuzish masalasi Oʻzbekiston xalqi tomonidan qoʻllab quvvatlandi. 2002-yil 12 – 
13-dekabr kunlari Oliy Majlisning X sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda xalqimizning 
xohish-irodasi bilan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati 

Yüklə 418,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin