18-rasm. Gieniya - Hyenia (A) va Kalamafiton – Calamophyton (B).
Kalamofitondoshlar oilasiga Kalamafiton (Calamophyton) kiradi. Bu
oʻsimlik ham Gieniyaga oʻxshash,
undan farqi, tanasi aniq boʻgʻimlarga
boʻlinmaganligi va bargining bir qarrali dixotomik shoxlanganligi bilan farq qiladi.
Sporangiyalari faqat ikkitadan boʻlib joylashgan (18-rasm, B).
II. Ponabargsimonlar ajdodi. Bu ajdod oʻsimliklari
ham Paleozoy
erasining Devon davridan to Mezozoy erasining trias davrigacha (380-240 mln yil
ilgari)
yashagan, hozirda qirilib yoʻqolib ketgan oʻsimliklardir. Ponabarglilar
ajdodining oilalaridan biri ponabargdoshlar (Sphenophyllaceae).
Uning muhim
turkumi ponabarg (Sphenophyllum) hisoblanadi. Bu oʻsimlikni
poyasi uzun,
ingichka (nozik), boʻgʻim va boʻgʻim oraliqlarga boʻlingan. Boʻgʻimlarida
ponasimon barglar xalqasimon boʻlib joylashgan. Poyasi ingichka boʻlganligidan
boshqa daraxt oʻsimliklaridan tayanch topgan. Poyasida kambiy xalqasi mavjud.
Shuning uchun ikkilamchi tartibda qalinlasha olgan. Sporalar yordamida koʻpaygan
(19-rasm, A). Sporalari spora hosil qiluvchi boshoqchalarda vujudga kelgan.
19-rasm. Ponabarg – Sphenophyllum (A) va Kalamit – Calamites (B).
Dostları ilə paylaş: