III. Qirqboʻgʻimsimonlar ajdodi. Bu ajdod vakillari poyasining rosmana
boʻgʻim va boʻgʻim oraliqlariga boʻlinganligi bilan xarakterlanadi. Bu ajdod ikkita
qabilaga boʻlinadi:
1. Kalamitnamolar qabilasi – Calamitales.
2. Qirqboʻgʻimnamolar qabilasi – Eqvisetales.
1. Kalamitnamolar qabilasiga mansub oʻsimliklar hozirgi davrida yoʻqolib
ketgan,
Paleozoy erasining Devon, toshkoʻmir davrlarida yashagan oʻsimliklar
hisoblanadi. Bularning boʻyi 30-40 metrga yetadigan daraxtlar boʻlgan. Shoxlari
yirik va mayda boʻlib, mayda shoxlarida, barglar xalqasimon boʻlib joylashgan (19-
rasm, B). Poyasida kambiy maʻlum darajada rivojlangan.
2. Qirqboʻgʻimnamolar qabilasiga hozirgi davrda yashayotgan koʻp yillik oʻt
oʻsimliklar kiradi. Bu qabila bitta oila - qirqboʻgʻimdoshlar (Eqvisetaceae), bitta
turkum qirqboʻgʻim (Eqvisetum), turkum esa 30 ga yaqin turdan iborat. Bu turkum
vakillari Yer sharida keng tarqalgan. Oʻzbekistonda ikkita turi oʻsadi. Qirqboʻgʻim
sporafitining
yer ostidagi ildizpoyasida, ildizi va tuganaklari joylashgan.
Ildizpoyalari 2 xil: gorizontal va vertikal tipda boʻladi. Gorizontal ildizpoyasi kuchli
taraqqiy etgan, boʻgʻam oraliqlarining uzunligi 25 sm gacha boradi. Yer ostida 0,5
m dan 2 m gacha chuqurlikda joylashgan. Tik (vertikal) ildizpoyasi esa ancha
ingichka, boʻgʻim oraligʻining uzunligi ham 10 sm dan oshmaydi. Vertikal ildizpoya
gorizontal ildizpoyadan taraqqiy etadi. Ildiz hosil qiluvchi kurtaklarining taraqqiy
etishi tufayli yangi ildizlar hosil boʻladi. Vertikal va
gorizontal ildizpoyalarning
ayrim yon kurtaklaridan tugunaklar hosil boʻladi. Bu tugunaklar kelib chiqishi
jihatdan qisqargan va yoʻgʻonlashgan novda boʻlib, oʻzida koʻp miqdorda oziqa
modda, yaʻni kraxmal toʻplaydi, hamda vegetativ koʻpayish vazifasini bajaradi.
Qirqboʻgʻim turkumining vakillari yer usti poyasining morfologiyasiga koʻra
ikkita guruhga boʻlinadi. Birinchi guruh turlarining poyalari bir xil tuzilishga ega.
Ularda spora boshoqlari poyasining uchida, ayrimlarida yon novdalarining uchlarida
hosil boʻladi. Bu guruhga Oʻzbekistonda keng tarqalgan shoxlangan qirqboʻgʻim E.
ramo-issimum kiradi.
Ikkinchi guruhga kiruvchi qirqboʻgʻim turlarining
yer usti poyasi ikki xil
boʻladi. Birinchisi qoʻngʻir yoki yashil rangli, spora hosil qiladi,
ikkinchisi yashil
rangli, vegetativ poya deb ataladi. Oʻzbekiston sharoitida oʻsuvchi dala
qirqboʻgʻimida (E. arvense) spora hosil qiluvchi poya erta bahorda oʻsib chiqib,
spora hosil qilgandan soʻng quriydi. U xlorofillsiz qoʻngʻip rangli va
shoxlanmaganligi, yaʻni bitta bosh poyadan iborat ekanligi bilan farq qiladi.
Vegetativ poyasi esa yoz oyida taraqqiy etib, yashil rangli va sershoxli boʻlishi bilan
ajralib turadi (20-rasm). Quyida Oʻzbekiston sharoitida oʻsuvchi dala qirqboʻgʻimi
(E.arvense) bilan tanishamiz.
Bu oʻsimlik bizning sharoitimizda choʻl mintaqasidan to togʻgacha boʻlgan
yerlarda, buloq, ariq, koʻl va daryo boʻylarida oʻsadi. Boʻyi 20-35 (100 sm). Dala
qirqboʻgʻimi 2 xil novda hosil qiladi. Bahorgi (generativ) novda–qoʻngʻir rangda va
yozgi–oʻsuvchi (vegetativ) novda-yashil rangda boʻladi. Bahorgi novdadagi barglar
reduksiyaga uchragan. Novdaning uchki qismida spora hosil qiluvchi boshoqlar
hosil boʻladi. Boshoqlar sporofillardan tashkil topgan.
Sporofillar 3 qismdan iborat:
a) olti qirrali qalqon, b) oyoqcha, v) 8-10 ta sporangiy.
Sporangiylar ichida shakl jihatdan teng boʻlgan elaterali sporalar hosil boʻladi.
Sporalar 3 qavatdan tuzilgan: a) ichki (intina), b) oʻrta (ekzina), v) tashqi (perina).
Sporalar yetilib tashqariga sochilishdan oldin, tashqi perina qavatdan qoshiqsimon
ipcha-oʻsimta (elatera) oʻsib chiqadi. Uning vazifasi sporalarni
sochilib turishiga
yordam beradi. Sporasi tashqi morfologiyasi boʻyicha bir xil boʻlsa ham, ichki
fiziologiyasi va bioximiyoviy tarkibi jihatdan har-xil. Shu sababdan yangi
rivojlangan gametofit ayrim jinsli boʻladi.
Tuproqqa tushgan
sporalar qulay sharoit
(suvli muhit) da oʻsib gametofitni hosil qiladi.
Gametofitlari yashil plastinka shaklida, ayrim
jinsli. Anteridiyda yetilgan
spermatozoidlar suv
yordamida harakatlanib, arxegoniydagi ypgʻochi
tuxum hujayrani urugʻlantiradi. Uruglangan
tuxum hujayradan hosil boʻlgan
zigota taraqqiy etib, yangi yosh qirqboʻgʻimning
sporafitiga aylanadi (21-rasm).
21-rasm. Dala qirqboʻgʻimi sporofiti (A) ning umumiy koʻrinishi: B-boshoqchasi; V-sporofil; G-
spora va uning oʻnishi; D-gametofit; Ye-anteridiy; J-arxegoniy; Z-tuxum hujayra; I-
spermatozoidlar; K-zigota; L-oʻsimta.
3. Ahamiyati: Dala qirqboʻgʻimi dorivor oʻsimlik sifatida xalq tabobatida
koʻp ishlatiladi. Uning poyasi tarkibida ekvizetonin, saponin,
nikot alkaloidlar,
kislotalar, smola, oshlovchi va boshqa moddalar bor.
Xalq tabobatida qirqboʻgʻim damlamasi qon toʻxtatuvchi, dori sifatida,
oʻpka sili, buyrak, yurak kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Bulardan tashkari yer
ustki qismi idishlarni tozalashda ham ishlatiladi. Chunki uning poyasi har-xil
zarracha va qumlarni oʻziga singdirib olishi hususiyatiga ega.