5-Mavzu: Qirqboʻgʻimtoifa (Equisetophyta) oʻsimliklar boʻlimi. Reja



Yüklə 428,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix10.05.2023
ölçüsü428,53 Kb.
#110677
  1   2   3
5-Mavzu



5-Mavzu: Qirqboʻgʻimtoifa (Equisetophyta) oʻsimliklar boʻlimi. 
 
Reja: 
1. Qirqboʻgʻimlar klassifikatsiyasi. 
2. Qirqboʻgʻinsimonlar sinfi. Asosiy vakillari. 
3. Koʻpayishi va tabiatda tarqalishi.
Tayanch soʻz va iboralar: Qirqboʻgʻimlilar morfologiyasi va koʻpayishi. 
Dala qirqboʻgʻimining tuzilishi, yashash sharoiti, koʻpayishi va ahamiyati haqida 
tushuncha. 
Ayrim adabiyotlarda bu boʻlim boʻgʻimlilar deb yuritilgan. Bunga sabab 
yuksak oʻsimliklar orasida bular tnasining, yaʻni sporachi poyasining boʻgʻim va 
boʻgʻim oraliqlariga aniq ajralganligi hamda barglarining xalqasimon 
joylashganligidir. Qirqboʻgʻimlarning koʻpchilik turlari bizgacha yetib kelmagan. 
Hozirgi turlari yer ositida gorizontal va vertikal oʻsuvchi ildizpoya hosil qiladi. 
Barglari juda kichik, ular yon novdalari (telom)ning oʻzgarishidan kelib chiqqan. 
Qirqboʻgʻim koʻp yillik oʻt oʻsimliklardan iborat. Daraxtsimon vakillari esa 
bizgacha yetib kelmagan. Ularning balandligi 15-20 metrgacha va eni 0,5 gacha 
yetgan. 
Koʻpchilik qirqboʻgʻimlar teng sporali oʻsimliklar 
hisoblanadi. Faqatgina qazilma vakillari orasida har xil 
sporalilar boʻlgan. Qirqboʻgʻimtoifa oʻsimliklar devon 
davrida (415-370 mln. yil oldin) kelib chiqqan va toshkoʻmir 
davrida yaxshi taraqqiy etgan. Trias davriga kelib ayniqsa, 
daraxtsimon vakillari qirila boshlagan. 
Bu boʻlim vakillari poyasining tartibli boʻgʻim va boʻgʻim oraligʻiga 
boʻlinishi bilan boshqa yuksak sporali oʻsimliklardan farq qiladi. Ularning 
boʻgʻimlarida mayda barglar xalqasimon yoki mutovkasimon boʻlib joylashgan. 
Bularda poyadan chiqqan shoxlar ham xuddi barglar kabi mutovkasimon joylashib, 
ular ham oʻz navbatida boʻgʻimlarga boʻlingan. Poyani tashqi tomoni serqirrali 
boʻlib, bu serqirralilik ichki tomonga ham taʻsir kiladi. Yana bir xarakterli 
belgilaridan, bularning sporofillari butunlay vegetativ barg vazifasini bajarishdan 


voz kechgan. Ular faqat spora hosil qilish bilan chegaralanadi, bu jihatdan 
plaunsimonlarning sporofillaridan farq qiladi (17-rasm). Shuning uchun ham bularni 
sporofillarini sporangiyaforlar deb ataladi.
Boʻlim turlari Paleozoy erasining Toshkoʻmir davrida keng tarqalgan va 
rivojlangan. Ularning balandligi 15-20 metrgacha va eni 0,5 m gacha yetgan. Ularni 
daraxt, buta shakldagilari yoʻqolib ketib, bizning davrimizgacha yetib kelgan emas, 
faqat keyinroq paydo boʻlgan, koʻp yillik oʻt oʻsimliklargina bizgacha yetib kelgan. 
Qirqboʻgʻimlarni hozirgi davrda 30 ga yaqin turi maʻlum. Ular dunyoning 
Avstraliya va Yangi Zelandiya orollaridan tashqari barcha yerlarda uchraydi. Oʻrta 
Osiyoda 6 turi uchraydi.
Qirqboʻgʻimlar kelib chiqishiga koʻra Riniofitlarga borib taqaladi. Chunki 
ularda ham mayda barglilik kuzatiladi (mikrofiliya). Evolyusion nuqtayi nazardan 
bu boʻlim ham tupik hisoblanadi.
Bu boʻlim 3 ajdodga boʻlinadi:

Yüklə 428,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin