1-jadval
Navoiy viloyatida asosiy xomashyo resurslarini qazib olish prognozlari (ming tonna)1
T/r
|
Mineral xomashyo turi
|
|
Prognoz
|
|
2017- yil
|
2018- yil
|
2019- yil
|
2020- yil
|
Tog’-kon xomashyolarini qazib olish
|
1.
|
Bazalt
|
0,7
|
0,7
|
0,7
|
0,8
|
2.
|
Bentonitli gil
|
24,3
|
25,5
|
26,8
|
28,1
|
3.
|
Granit
|
0,5
|
0,6
|
0,6
|
0,7
|
4.
|
Kvars jilasi
|
3,9
|
4,1
|
4,3
|
4,5
|
5.
|
Kvarsli qum
|
53,8
|
53,9
|
54,0
|
54,1
|
6.
|
Gips
|
221,6
|
221,6
|
221,6
|
221,6
|
7.
|
Diabaz
|
934,4
|
942,7
|
929,9
|
904,0
|
8.
|
Lyossimon jinslar
|
11,5
|
12,0
|
12,6
|
13,3
|
9.
|
Marmar
|
26,5
|
28,0
|
29,7
|
31,5
|
10.
|
Marmarlashgan ohaktosh
|
0,6
|
0,7
|
0,7
|
0,7
|
11.
|
Mineral tuz
|
55,4
|
57,9
|
60,6
|
63,4
|
12.
|
Ohaktosh
|
4 983,4
|
5 130,4
|
5 185,5
|
5 185,1
|
13.
|
Slanes
|
354,9
|
365,0
|
363,5
|
354,6
|
14.
|
Tabiiy qum
|
39,0
|
41,0
|
43,0
|
45,2
|
15.
|
Tuffit
|
203,0
|
217,5
|
232,0
|
246,5
|
16.
|
Fosforit rudasi
|
3 100,5
|
3 100,5
|
3 500,8
|
6 000,2
|
Farg’ona, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Xorazm viloyatlarida foydali qazilma mineral xomashyo resurslari juda kam. Navoiy, Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlari hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi foydali qazilma mineral xomashyo resurslarga boy. Jizzax, Samarqand viloyatlari ushbu resurslar mavjud hududlar qatoriga kiradi.
Mamlakatimiz yoqilg’i energetik salohiyatida esa Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlarining salohiyati yuqori. Yurtimiz aholisi ham viloyatlar bo’yicha notekis joylashgan. Masalan, Andijon viloyatida 1 km2 ga to’g’ri keladigan aholi soni 665 kishini, Navoiy viloyatida esa 8,2 kishini tashkil etadi.
2-jadval
2030-yilga qadar ko’mir yoqilg’isini qazib olish rejasi (ming tonna)
№
|
Nomlanishi
|
Prognoz
|
2016
|
2020
|
2025
|
2030
|
O’sish
(2015-yilga nisbatan)
|
hajmda
|
marta
|
|
Jami
|
3 700,0
|
6 940,0
|
15 200,0
|
15 900,0
|
12 414,6
|
4,6
|
1.
|
“O’zbekko’mir” AJ
|
3 380,0
|
5 040,0
|
13 000,0
|
13 000,0
|
9 728,8
|
4,0
|
1.1.
|
“haAngrenvzasi ” ko’mir
|
3 340,0
|
4 000,0
|
4 000,0
|
4 000,0
|
788,8
|
1,2
|
1.2.
|
“Yerosti ishlari” shaxtasi
|
40,0
|
40,0
|
3 000,0
|
3 000,0
|
2 940,0
|
50,0
|
1.3.
|
“Shimoliy” shaxtasi
|
-
|
1 000,0
|
6 000,0
|
6 000,0
|
6 000,0
|
-
|
2.
|
“Apartak” ko’mir
havzasi
|
160,0
|
1 000,0
|
1 200,0
|
1 900,0
|
1 810,3
|
21,2
|
3.
|
“Sharg’unko’mir” AJ
|
160,0
|
900,0
|
900,0
|
900,0
|
775,5
|
7,2
|
4.
|
“Baysun” shaxtasi
|
-
|
-
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
-
|
Manba: Navoiy viloyati hokimiyati ma’lumotlari asosida.
Navoiy viloyati sanoatlashgan hududlardan biri bo’lib, aynan “Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to’g’risida”gi farmoniga asosan hudud erkin industrial-iqtisodiy zonaga aylantirildi. Hudud tabiiy va mineral xomashyo resurslariga boy bo’lganligi bilan boshqa hududlardan ajralib turadi.
Navoiy viloyatida asosiy xomashyo resurslarini qazib olish prognozlari bo’yicha keltirilgan statistik ma’lumotlarga tahliliy yondashadigan bo’lsak, 2017-2020-yillar davomida aynan sanoat va qurilish sohalari uchun zarur bo’lgan mineral xomashyo resurslarini qazib olish va hajmi ortib borishi jadvalda o’z aksini topgan. 2017-2020-yillarda Nurota tumanida ham “Zafar granite mining” QK tomonidan granit toshni qayta ishlab, bardyur va zina ishlab chiqarish, qiymati 1,2 mlrd.so’m bo’igan loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
5.4.Qayta tiklanadigan resurslarni samarali taqsimlash
Sanoat ishlab chiqarishi taraqqiyotining butun jarayonini belgilab beradigan xalq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biri kon qazib olish kompleksi hisoblanadi. Valyuta to’planishi manbayi bo’lgan sanoat uchun xomashyo – qora, noyob, rangli va asl metallarga ehtiyoj muntazam oshib bormoqda. Mamlakat suvereniteti mustahkamlangani sari bu tamoyil saqlanib qoladi.
O’zbekiston Respublikasi hududi xalq xo’jaligida qo’llaniladigan mineral xomashyoning har xil turlarini o’z ichiga olgan turli foydali qazilmalarga boy. Hozirgi paytga kelib, asl, rangli, noyob, radioaktiv va qorametallar, yonilg’i-energetika, kon-ruda, kimyo va rangdor toshlar xomashyosi, qurilish materiallari, chuchuk, mineral va termal yerosti suvlarining 2500 dan ortiq manbayi aniqlangan. O’zbekiston oltin, kumush, plavikli shpat, mis zaxiralari bo’yicha dunyoda birinchi o’nlikka kiradi. MDHda O’zbekiston oltin zaxirasi va qazib olinishi bo’yicha ikkinchi o’rin, kumush, mis, plavikli shpat, tabiiy gaz bo’yicha uchinchi o’rinni egallaydi.
Bugungi kunda O’zbekistonda taxminan 900 ta kon ochilgan, ularda mineral xomashyoning qariyb 100 turi qazib olinadi, shundan 60 turdan ortig’i sanoatda o’zlashtirilgan va ishlatilmoqda. Neft, gaz, kondensatning 142 ta, ko’mirning 6 ta, asl metallning 34 ta, qora metallning 7 ta, rangli va noyob metallning 54 ta, kon-rudaning 49 ta, tosh-rangdor toshning 19 ta, kimyo xomashyosining 37 ta, qurilish materiallarining 372 ta va yerosti suvlarining 172 ta manbayi mavjud.
Neft, gaz va kondensat, ko’mir, oltin, mis, qo’rg’oshin, rux, volfram, molibden, plavikli shpat, grafit, yong’inga chidamli materiallar, tabiiy tuzlar, sement va g’isht xomashyosi va boshqa qurilish materiallari, yerosti suvlarining ochilgan zaxiralari negizida 500 dan ortiq gaz-neft sanoati, shaxta, kon, karyer va razrez, taxminan 300 ta mineral suv quyish bo’yicha zavod va sex uchun suv zabori faoliyat yuritadi. Ular orasida Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Angren ko’mir razrezi va Sharg’un shaxta boshqarmasi, Gazli va Sho’rtan gaz sanoati, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Ohangaron va Navoiy sement zavodlari, G’azalkent va Olmaliq tosh qazib olish kombinatlari va hokazolar mavjud.
Respublikada ochilgan mineral xomashyo resurslarining xalq xo’jaligi uchun umumiy bahosi 300 mlrd. AQSh dollari miqdorida baholanadi. Har yillik o’sish 9,1 mlrd. AQSh dollarini tashkil qiladi. Foydali qazilmalarni qazib olish 4,3 mlrd. AQSh dollari miqdorida baholanadi.
Kon qazib olish kompleksi mineral xomashyo bazasining zamonaviy holati uzoq istiqbolga uning barqaror ishlashini ta’minlabgina qolmay, quvvatlarini oshirish va yangi tarmoqlar yaratish uchun haqqoniy asoslar beradi.Noruda foydali qazilmalar, shu jumladan, qurilish materiallari mineral xomashyo bazasi mamlakatda keskin rivojlandi. Sement xomashyosining 2 ta manbayi (ohaktosh komponenti – 824 mln. t, gil komponenti – 520 mln. t) beshta faoliyat yuritayotgan (Ohangaron, Navoiy, Quvasoy, Bekobod, Angren) va uchta loyihalashtirilayotgan (Beruniy, Sherobod va Jizzax) sement zavodlari uchun xomashyo bazasi hisoblanadi. Qoplash toshi konlari (72847 ming m3 li 31 ta kon) faoliyat yuritayotgan toshni qayta ishlash korxonalarini 100 yildan ortiq davrga ta’minlashi mumkin. Shu bilan birga, mamlakatda yuqori bezash xususiyatiga ega qoplash toshlari yetishmayapti.
Keramzit xomashyosi 10 ta ochilgan konda, asosan, Janubiy O’zbekiston, Farg’ona va Qoraqalpog’istonda jamlangan (122,4 mln. m3).
G’isht xomashyosining 160 dan ortiq (zaxirasi 412308 ming m3), qumshag’al materiallarining 66 ta (830888 ming m3), ohaktosh ishlab chiqarish uchun ohaktoshning 21 ta (209442 ming t), qurilish toshining 36 ta (367402 ming m3), beton va silikat buyumlari uchun qumning 20 ta (186676 ming m3) va boshqalarning konlari qurilish materiallarini ishlab chiqarishning nisbatan yuqori darajasini ta’minlaydi. Biroq ularni ishlab chiqarish xalq xo’jaligining oshib borayotgan ehtiyojlaridan hali ortda qolmoqda.
Qator yillar davomida qazilma manbalarini kompleks o’rganish muhim iqtisodiy natijalarga olib keldi. Aniqlanishicha, qator konlardagi qo’shimcha komponentlar, qazilma jinslari, qoldiqli boyitish, konditsiyasiz rudalar qoldiqlarini ham ishlatish, ulardan olingan mahsulotlar konlarini o’zlashtirish rentabelligini ancha oshiradi.
Mineral xomashyo bazasi tizimli ravishda qayta tiklanishni, aniqlashgan va o’zlashtirilgan zaxiralarning sifatini oshirish, ularni joylashtirish tuzilmalarini yaxshilashni talab qiladi. Suverenitet va bozor munosabatlari sharoitida O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun foydali qazilmalarni qazib olish va ularni qayta ishlashning yuqori darajasi muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Qator obyektiv va subyektiv sabablarga ko’ra, mamlakat bo’yicha mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlash geografiyasi notekis tarqalgan, bu uning katta hajmlarda va uzoq masofalarga tashish zaruratini keltirib chiqaradi. Respublikadagi ko’plab korxonalar muayyan sabablarga ko’ra import qilinadigan qimmatli xomashyo bilan ishlaydi.
Asosiy tayanch tushunchalar
Foydali komponentlar, mineral xomashyo bazasi, noyob va radioaktiv metall, rangdor tosh xomashyosi, xomashyo, asosiy xomashyo, sanoat xomashyosi, qishloq xo’jaligi xomashyosi, rudali mineral xomashyolar, rudasiz mineral xomashyolar, sun’iy materiallar.
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari.
Foydali qazilmalardan foydalanish jarayonida atrof-muhit muhofazasini ta’minlashning qanday yo’llari mavjud?
O’zbekistonning mineral xomashyo resurslari nimalardan iborat?
O’zbekiston Respublikasi mineral xomashyo bazasini izohlang.
Mineral xomashyo resurslari chiqindilarini utilizatsiya qilishning ahamiyatli masalalari nimalardan iborat?
Mineral xomashyo resurslari chiqindilarini pasaytirishga e’tibor berishni yoriting.
Dostları ilə paylaş: |