5.3.Foydali qazilmalar O’zbekiston Respublikasi izlab topilgan 2 milliard tonna ko’mir zaxiralariga ega. Ko’mir qazib olish va yetkazib berish ishlari bilan “Ko’mir” aksiyadorlik birlashmasi shug’ullanadi. Angren konida qo’ng’ir ko’mir, Sharg’un va Boysun konlarida toshko’mir qazib olinadi. Ko’mir konlari korxonalar tomonidan turli usullarda: ochiq usulda, yerosti va yerustini gazlashtirish usuli bilan o’zlashtirilmoqda. Ko’mir energetika maqsadlarida va maishiy yoqilg’i sifatida ishlatiladi. Ko’mirni qayta ishlashdan chiqqan chiqindi organik va mineral o’g’itlarga aylantiriladi.
Toshkent viloyatidagi zaxirasi qariyb 25,3 mln. tonna temir bo’lgan Surenotin skarn-magnetit koni o’rganilmoqda. Respublika hududida marganesning ko’p sonli manbalari topilgan. Umumiy resurslari miqdori 15 mln. tonnadan ortiq bo’lgan Dautosh, Qizilbayroq, Taxtakaracha va boshqa plast konlari eng ko’p o’rganilgan. Zarafshon va Hisor tizmalari marganes polosasini oxirigacha o’rganish kerak. Qizilqumda nurash qatlamida (Alisoy, Oqsoy va h.k.) marganes konining mamlakatimiz uchun yangi turi aniqlandi. Yonuvchan slaneslar neft mahsulotlari va qator rangli hamda noyob metallar olish uchun xomashyo bo’lishi mumkin.
Qashqadaryo viloyatining foydali qazilma boyliklari va resurslari 61 turdagi foydali qazilma boyliklarining zaxiralari mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
qurilishda fodalaniladigan toshlar – 5936,8 ming m3;
sement ashyosi – 265,5 mln. tonna;
keramzit – 14,5 mln. tonna;
oyna xomashyosi – 10,0 mln. tonnadan ortiq.
Respublikamizda qazib chiqariladigan neftning 88 %i va tabiiy gazning 93 %i viloyatlar hissasiga to’g’ri keladi.
Mamlakat tarkibiga kirgan har bir viloyat, tumanlar ma’lum obyektiv qonuniyatlar asosida tashkil etilgan bo’lib, geografik va hududiy joylashuvi, iqtisodiyotining tarkibi, sanoat va qishloq xo’jaligining rivojlanganlik darajasi, hududlarning demografik holati va aholining joylashuvi, shuningdek, iqlimi, suv va tabiiy resurslar salohiyatiga egaligi bilan bir-biridan farq qiladi.