Ion almashinish va tanlangan adsorbsiyani biologik va tibbiy ahamiyati.
Odam organizmida turli toksinlar va boshqalar to'qimalar
va hujayralar orqali tanlab
adsorbsiyalanadi. Masalan, qoqshol, botulizm va boshqa kasalliklarni qo'zg'atuvchi toksinlar
avvalo markaziy asab sistemasi hujayralarini shikastlantiradi, dizenteriya qo'zg'atuvchi toksinlar
— vegetativ asab sistemasini zararlantiradi, toshmali tifda ko'pincha teri, miya va qisman yurak
tomirlari shikastlanib, og'ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo'ladi.
Ionitlar tibbiy maqsadlarda keng qo‘llanadi. Masalan, chaqaloqlarning sun‘iy oziqlarini
tayyorlashda, qon va limfalarni konservatsiya
qilish jarayonlarida, sof antibiotiklar olishda,
me‘da-ichak yo‘lidagi
zaharli moddalar, toksinlarni tozalashda keng qo‘llanadi.
Immun sistemasi faoliyatining asosiy fizik-kimyoviy mexanizmi adsorbsiya jarayoniga
asoslangan. Immun oqsillari (antitelolar) juda katta tanlangan adsorbsiya qiymatiga ega. Ular
organizm uchun yot bo'lgan ma'lum tur oqsillarga (antigenlarga) adsorbsiyalanib,
ularni eritib
yuboradi. Elektron mikroskopik tekshirishlar shuni ko'rsatadiki, antitelolar, masalan, ich terlama
bakteriyalari ustida bir xil adsorsiyalanmasdan, «faol markazlar» bo'yicha adsorbsiyalanadi.
Buyrak va siydik yo'llarida tosh hosil bo'lishi jarayoni
ham tanlangan adsorbsiyaga
asoslangan. Buyrak biosuyuqliklari tarkibida Mg
2+
, Ca
2+
, PO
3
4
va C
2
O
2
4
ionlarining
konsentratsiyasi ortganda ularning eruvchanlik ko'paytmalari kritik
konsentratsiyasiga yetib
kalsiy va magniy fosfat yoki oksalat tuzlari holida cho'kma hosil qiladi. Bu jarayon natijasida
tanlangan adsorbsiya hisobiga suvda erimaydigan tuzlarga moyilligi katta bo'lgan
ionlar
adsorbsiyalanadi, natijada qattiq faza yiriklashib buyrak va siydik yo'llarida qum va tosh hosil
bo'ladi. 109 Tibbiyotda ishlatiladigan «adsorbsion terapiya» deb ataladigan ba'zi
davolash
usullari adsorbsiyaga asoslangandir. Masalan, me'da-ichak sistemasiga tashqi muhitdan tushgan
zaharli moddalarni yoki ichaklarga turli organlardan ajralib chiqqan zaharli gazlarni (meteorizm)
karbolenga (faollangan ko'mir) adsorbsiyalantirish orqali chiqarib yuboriladi.
Tibbyotda turli xil moddalar bilan zaharlanganda qo'llanadigan adsorbentlar quyidagi
jadvalda keltirilgan.