5-mavzu. Suyuqlik sirtidagi adsorbsiya. Gibbs tenglamasi. Ionlar adsorbsiyasi. Ionitlar. Reja


Qattiq modda sirtida eritmalardan bo`ladigan adsorbsiya. Ionitlar



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix05.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#108057
1   2   3   4   5   6   7
mavzu 5

4.Qattiq modda sirtida eritmalardan bo`ladigan adsorbsiya. Ionitlar. 
Qattiq jism ham xuddi suyuqlik kabi, sirt tarangligiga ega. Lekin hozirgacha qattiq 
jismning sirt tarangligini aniq o‘lchash usuli ma‘lum emas.
Qattiq jism sirtida gazning adsorbilanishini miqdor jihatidan xarakterlash uchun yo gaz 
bosimining kamayishi, yoki adsorbent og‘irligining ortishi o‘lchanadi: chunki adsorbsiya vaqtida 
adsorbentning og‘irligi ortadi.
Qattiq jism sirtida suyuqliklarning adsorbilanishini esa eritmadagi moddaning boshlang‘ich 
konsentratsiyasi bilan adsorbsion muvozanat vaqtida muvozanat konsentratsiyasining ayirmasi 
orqali aniqlaniladi.
Adsorbentning sirt birligiga (1m
2
ga) yutilgan moddaning grammmolekula(mol) hisobidagi 
miqdori solishtirma adsorbilanish deyiladi.
Solishtirma adsorbsiyani topish uchun adsorbsion muvozanat vaqtida yutilgan modda 
miqdorini (mol hisobida) adsorbent sirtiga bo‘lish kerak: 
bu yerda G- solishtirma adsorbsiya, x- yutilgan modda miqdori, s-adsorbent sirti. Lekin 
qattiq g‘ovak adsorbentlarning (ko‘mir, silikagel va hokazolarning) sirtini o‘lchash juda qiyin 
bo‘lganligi uchun amalda solishtirma adsorbsiyani topishda modda miqdori adsorbent massasiga 
bo‘linadi:
G = x / m 
Bu yerda х -yutilgan moddaning gramm hisobidagi massasi, m-adsorbentning gramm 
hisobida olingan massasi. Har qanday adsorbent ma‘lum (o‘ziga xos) miqdordan ortiq moddani 
yuta olmaydi. Moddaning sirt birligiga (1sm2 yuzaga yutilishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p modda 
miqdoridagi solishtirma adsorbsiya deyiladi va G

bilan belgilanadi. 
Adsorbsiya nafaqat adsorbentning balki, yutilayotgan moddaning ham tabiatiga bog‘liq. 
Agar eritmada bitta emas, bir nechta ionlar bo‘lsa, adsorbentga ularning adsorbsion xususiyatiga 
mos ravishda ionlar adsorbilanadi. Ammo avval adsorbentga biror ion adsorbsiyalangan bo‘lsa, 
keyin yana eritmaga boshqa xildagi ionlar qo‘shilsa, birinchi, (avval adsorbsiyalangan) ionga 
nisbatan keyingisi yaxshi adsorbilanadigan bo‘lsa, ana shu ion birinchisini siqib chiqaradi. 
Masalan, og‘ir metallarning kationlari, shunday zaryadli yengil metallarning ionlariga nisbatan 
yaxshi adsorbilanadi. Adsorbentlar qutbli va qutbsiz bo‘ladi. 
Qutbli adsorbentlar tarkibida ion bog‘larning ulushi ko‘proq (masalan, alyumosilikatlarda) 
bo‘ladi. Tanlangan adsorbsiyaga suvli eritmalardan elektrolitlarning ionli adsorbsiya misol bo‘la 


oladi. Bu vaqtda almashinish adsorbsiyasi sodir bo‘lishi mumkin. Almashinish adsorbsiyasini 
namoyon qiluvchi tipik adsorbentlarga misol sifatida tabiiy silikatlar (natriy va kalsiyning suvli 
100 alyumosilikatlari) –seolitlar va shunday tarkibga ega bo‘lgan sun‘iy permutitlarni keltirish 
mumkin. Bu ionitlar eritmaga ekvivalent miqdorda natriy ionlarini chiqarib, kalsiy va magniy 
ionlarini yutadi. Seolitlarning bu xossasidan suvning qattiqligini kamaytirishda foydalaniladi. 
Spetsifik va selektivlik kerakli ionni eritmadan ajratib olish uchun juda muhim xossa 
hisoblanadi. Ammo, moddaning selektivligi qancha yuqori bo‘lsa, uni adsorbentdan 
desorbsiyalash ya‘ni chiqarib olish shuncha qiyinchilik tug‘diradi. Moddalarning 
adsorbsiyalanuvchanligi erituvchining tabiatiga ham bog‘liq. Erituvchilar quyidagi shartlarni 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin