5-mavzu. Suyuqlik sirtidagi adsorbsiya. Gibbs tenglamasi. Ionlar adsorbsiyasi. Ionitlar. Reja



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix05.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#108057
  1   2   3   4   5   6   7
mavzu 5



5-mavzu. Suyuqlik sirtidagi adsorbsiya. Gibbs tenglamasi. Ionlar adsorbsiyasi. Ionitlar. 
Reja: 
1. Suyuqlik sirtidagi adsorbsiya.
2. Gibbs tenglamasi.
3. Dyuklo-Traube qoidasi. Ionlar adsorbsiyasi.
4. Qattiq modda sirtida eritmalardan bo`ladigan adsorbsiya. Ionitlar. 
1.Suyuqlik sirtidagi adsorbsiya. 
Molekulyar (noelektrolitlar) adsorbsiya quyidagi omillarga bog‘liq:

Adsorbentning tabiatiga;

Erituvchining tabiatiga;

Yutilayotgan modda (adsorbtiv)ning tabiatiga;

Eritmadagi moddaning konsentrasiyasiga;

Haroratga.
Adsorbent tabiatining ta’siri mohiyati shundan iboratki, gidrofob adsorbentlarga qutbsiz 
moddalar, gidrofil adsorbentlarga esa qutbli moddalar yaxshi adsorbilanadi.
Qattiq adsorbentlarga erigan moddalarning adsorbsiyasi quyidagi umumiy qoidalarga 
bo‘ysunadi:

Adsorbentning sirtini berilgan erituvchi qancha yomon ho‘llasa va modda ayni 
erituvchida qancha yomon erisa, erigan moddaning adsorbsiyasi shuncha yaxshi bo‘ladi.

Adsorbentga erituvchi qancha yomon adsorbsiyalansa, erigan modda ushbu adsorbentga 
shuncha yaxshi adsorbilanadi.
Qattiq jism sirtiga modda (erigan modda va erituvchi) larning adsorbilanuvchanlik 
kriteriysi – bu ularning sirt tarangligidir. Ma‘lumki, SFMlarning sirt tarangligi kichik bo‘ladi. 
Shuning uchun muhitning (erituvchining) sirt tarangligi qancha katta bo‘lsa, qattiq jism sirtiga 
erituvchi molekulalari shuncha kam adsorbsiyalanadi, erigan modda (SFM) esa kuchli 
adsorbilanadi. Adsorbsiyalanuvchanlikning ikkinchi kriteriysi bu – adsorbentning erituvchi bilan 
ho’llanish issiqligidir. Ho‘llanish issiqligi qancha katta bo‘lsa, erituvchi adsorbent bilan shuncha 
kuchli energetik ta‘sirlashadi. Shunday qilib, quyidagi umumiy qonuniyatga ega bo‘lamiz: agar 
olingan erituvchi qattiq adsorbent sirtini qancha yomon ho‘llasa, ushbu erituvchidan erigan 
moddaning qattiq jismga adsorbsiyasi shuncha yuqori bo‘ladi. 
Adsorbsiyalanishga yutilayotgan modda tabiatining ta’siri bir nechta usullar bilan 
aniqlanadi:

O‘xshash –o‘xshashlari bilan ta‘sirlashadi;

Berilgan erituvchida moddaning eruvchanligi qancha katta bo‘lsa, u qattiq adsorbent 
sirtiga shuncha yomon adsorbilanadi.
A va C fazalar chegara qismida B modda adsorbilanishi mumkin, qachonki u ushbu 
fazalarning qutbliligini tenglashtirsa. Demak, suv (ε = 1) – ko‘mir (ε ≈ 1) chegarasida dielektrik 
qiymatlari 1 < ε < 78,3 oralig‘ida bo‘lgan moddalar adsorbsiyalana oladi. Masalan, sirka kislota 
(ε≈6) butil spirti (ε≈18), anilin (ε≈7) va boshqalar “suv – ko’mir” chegara sirtiga 
adsorbsiyalana oladi. Ya‘ni quyidagi shartga amal qilinishi kerak; 
εA > εB > εC yoki εA < εB < εC 
Rebinderning ushbu qutblilik tenglashishi qoidasi istalgan fazalar chegara sirtlari uchun 
to‘g‘ri. Masalan, suv (ε ≈ 78,3) – toluol (ε ≈ 2,4) chegara sirtida anilin (ε ≈ 7) sirt faol modda 


vazifasini bajaradi va adsorbsiyalana oladi. Toluol (ε ≈ 2,4)-havo (ε ≈ 1) chegarasida anilin (ε ≈ 
7) adsorbsiyalanmaydi. Chunki εA > εB > εC shart bajarilmayapti. Aksincha anilin – havo 
chegarasida toluol SAM vazifasini bajarib, anilinni va havoning qutbliligini tenglashtirishi 
hamda adsorbilanishi mumkin. 
Qutbliliklarni tenglashtirish qoidasidan:

Erituvchi va erigan modda qutbliliklari orasidagi farq qancha katta bo‘lsa, moddaning 
eruvchanligi shuncha kichik bo‘ladi va u shuncha yaxshi adsorbilanadi. Aksincha,

Erituvchi adsorbtivni qancha yaxshi eritsa, ushbu muhitda adsorbsiya yomon boradi. 
Rebinder qoidasidan SAM difil molekulalarining qutbli qismi fazaning qutbli tomoniga, qutbsiz 
qismi esa qutbsiz tomoniga yo‘nalgan bo‘lishi kelib chiqadi: 
Rasm. ―Qattiq jism – eritma‖ fazalar chegara qismida difil molekulalarning yo‘nalishi: a – 
qutbsiz adsorbent – qutbli erituvchi; b- qutbli adsorbent – qutbsiz erituvchi. 
Qattiq sirtda erigan moddaning molekulyar adsorbsiyasi quyidagi omillarga bog‘liq:

Harorat oshganda moddaning eritmadan adsorbsiyasi kamayadi; 

Moddaning molyar massasi ortishi bilan uning adsorbilanish xususiyati kuchayadi;

Bitta sinfga kiruvchi organik birikmalarning adsorbsiyalanish xususiyati qo‘sh bog‘lar va 
OH guruhlar soni ortishi bilan kuchayadi;

Organik birikmalarni adsorbsiyalanish xususiyati kamayib borish tartibida quyidagi 
qatorga joylashtirish mumkin: Kislotalar > spirtlar > ketonlar > to‘yinmagan alkanlar > to‘yingan 
alkanlar.

Aromatik uglevodorodlar alifatik uglevodorodlarga nisbatan yaxshi adsorbilanadi;

To‘yinmagan uglevodorodlar to‘yingan uglevodorodlarga nisbatan yaxshi adsorbilanadi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin