5-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish reja


 - jadval  Tashkilot tashkiliy shakliga yondoshuvlarning solishtirma ta’riflari



Yüklə 462,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/24
tarix27.10.2022
ölçüsü462,4 Kb.
#66517
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
5-¼áóºÒ

6 - jadval 
Tashkilot tashkiliy shakliga yondoshuvlarning solishtirma ta’riflari 
Ta’riflar
An’anaviy yondoshuv
Yangicha yondoshuv 
Qisqacha belgilanish
Tarkibiy yechim 
Shaxsiy yechim 
Asosiy mantiq 
Tahliliy 
rasionallik 
(tabaqalarga 
ajralish, 
integrasiyalashish)
Moslashuvchi 
rasionallik(kerakli aloqalarni 
o‘rnatilishi) 
Konsepsiyali 
boshqaruvchi 
model 
Tashkilotning “yuqorisidan” 
topshirilgan 
O‘zini o‘zi tashkil qilish 
Samaradorlik manbai 
Rasional tuzilma 
Xodimlarning tashabbusi 
Samaradorlikni ta’minlash 
Muvofiq tuzilma 
Xodimlarni rivojlanishi 
Tuzilma
Iyerarxik
Geterarxik
Boshqaruv konsepsiyasi 
Yakka hoqimlik
Yarim markaziy 
Relevantli 
boshqaruv 
kommunikasiyasi 
Ko‘rsatmalar, hisobotlar
Xodimlarni oldindan bilib 
olish 
Kommunikasiyani 
yo‘naltirilganligi 
Vertikal
Gorizontal
Muammolarni hal qilishning 
solohiyati
Tuzilmani qayta tashkil qilish 
O‘zgarishlarni bilib olish 
mexanizmlari 
Tashkilotni boshqarishga kiritilgan solishtirma yondoshuvlar ulardan 
har birining xususiyatlari, ijobiy sifatlarini ko‘rsatadi. Shuning bilan bir vaqtda 
yechimlarning ikkala varianti ham tizimli boshqaruv nuqtai nazaridan jiddiy 
kamchiliklarga ega. 
Quyidagi dilemma vujudga keladi, bir tomondan, yangi tashkiliy mantiq mehnat 
vazifalarini chegaralash va birlashtirishni e’tiborsiz qoldiradi, ikkinchi tomondan- 
tuzilmali yechimga oddiygina qaytish istisno qilingan(tashqi muhitning yuqori dinamikligi 
va korxona shaxsiy tuzilmasini murakkablashishi sababli). 
 
5.6. Tashkilotni strategik boshqarish 


Strategik boshqaruv- bu strategiyani, ya’ni tashkilotni rivojlanishining ma’lum 
bosh yunalishini sifatli ishlab chiqish va uni resurslarni shakllantirish va ulardan samarali 
foydalanish, istiqboldagi raqobot afzalliklarini ta’minlash va maqsadlarga erishish uchun 
tashqi muhit o‘zgarishlariga adekvat javob qaytarish asosida amalga oshirish bo‘yicha 
faoliyatdir. 
Yana boshqa, O.N.Juchkevich tomonidan berilgan g‘oyatda muvaffaqiyatli ta’rifni 
ham keltirish mumkin: strategik resurslarni muvofiqlashtirish va taqsimlash, hisobga olish 
va uzoq muddatli istiqbolda raqobot afzalliklariga erishish maqsadida tashqi muhit omillari 
o‘zgarishiga adekvat javob qaytarish asosidagi korxona (firma)ni rivojlanishining sifatan 
belgilangan yo‘nalishidan iborat bo‘ladi. 
Strategik boshqaruvni dinamik tizim, beshta o‘zaro bog‘langan boshqaruv 
jarayonlarining majmuasi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Bu jarayonlar mantiqan bir 
birlaridan kelib chiqadilar (yoki keyin keladilar), bunda barqaror teskari aloqa va har bir 
jarayonni qolganlariga va ularning majmuasiga ta’siri mavjud bo‘ladi.
Strategik boshqaruvning dastlabki jarayoni tashkilot muhitini tahlil qilishdir. U 
quyidagilarni o‘rganishni ko‘zda tutadi:

makroatrofni (iqtisodiyot va siyosatning holati, huquqiy kenglik, tabiiy muhit va 
resurslar, jamiyatni ilmiy-texnik, ijtimoiy-madaniy rivojlanganligi darajasi va h k.); 

bevosita ishga doir muhitni ( xaridorlar, raqiblar, yetkazib beruvchilar va h.k.); 

ichki muhitni (xodimlar, boshqaruvni tashkil qilinishi, ishlab chiqarish, moliya, 
marketing, tashkiliy madaniyat va h.k.). 
Shundan keyin tashkilotning missiyasi (vazifalari) belgilaniladi, uning ostida 
tashkilotni mavjud bo‘lishining ma’nosi va uning boshqa tashkilotlardan farqini, ya’ni u 
nima uchun tashkil qilinganligini ochib beruvchi shakllantirilgan tasdiqni tushunish kerak. 
Aniq bir tashkilotning missiyasi odamlarning o‘zlarining faoliyati bog‘liq bo‘lgan har 
xil guruhlarining maqsadlari va mafaatlarini aks ettiradi. Tashkilotga uning missiyasini 
belgilashda manfaatlarini hisobga olish kerak bo‘lgan quyidagi asosiy sub’ektlar ta’sir 
ko‘rsatadilar: tashkilotning mulk egalari, uning xodimlari, ishlab chiqarilayotgan 
(sotilayotgan) mahsulotning xaridorlari, tashkilotning ish bo‘yicha sheriklari. mahalliy 
hamjamiyat, hamda umuman, birinchi navbatda, davlat idoralari shaxsidagi jamoa. Bunda 
Muhitning tahlili 
Missiyalar (vazifalar) va 
maqsadlarni belgilash 
Strategiyani tanlash 
Strategiyani bajarish 
Bajarilishini baholash va nazorat 
qilish 


tashkilot missiyasiga eng kuchli ta’sirni mulk egalari, xodimlar va xaridorlar 
(iste’molchilar) ko‘rsatadi. 
F.Kotlerni hisoblashicha, tashkilot missiyasini belgilashda quyidagi beshta omillarni 
hisobga olish kerak: 

tashkilotning tarixi, uning jarayonida tashkilotning falsafasi ishlab chiqilgan, 
faoliyatning qiyofasi va uslubi, bozordagi o‘rni va h.k. shakllantirilgan

mulk egalari va boshqaruv xodimlari hulkinig uslubi va harakatlari usuli; 

tashqi muhitning holati; 

tashkilot o‘z maqsadlariga erishishi uchun foydalaniladigan resurslar; 

tashkilot ega bo‘lgan ajralib turuvchi xususiyatlar. 
Bundan tashkari tashkilotning maqsadiy muljallari, faoliyat sohasi, falsafasi(qadriyatlari 
va ishonchlari) faoliyatni amalga oshirish imkoniyatlari va usullari kabi ta’riflarini ham 
hisobga olish zarur. 
Shunday qilib, missiya tashqi muhit sub’ektlariga tashkilot nimadan iborat ekanligi 
haqida umumiy tasavvur yaratishga imkon beradi. Bundan tashqari, u tashkilotni faolroq 
boshqarish uchun korporotiv ruhni va sharoitlarni yaratishga imkon beradi. Tashkilot 
faoliyatining umumiy yo‘nalishlari unga ko‘ra belgilanadilar. 
Keyinchalik strategiyani tanlash amalga oshiriladi. Bunda maxsus usullar 
yordamida tashkilot qanday qilib o‘z maqsadlariga erishishi va o‘z missiyasini amalga 
oshirishi belgilanadi, ya’ni uning faoliyatining soha, vositalar va shakl kabi tomonlarini 
rivojlanish yo‘nalishlari belgilanadi. 
Strategiyani tanlanishi tashkilot tomonidan kelajakda uni faoliyat yuritishiga nisbatan 
qanday qaror qabul qilinishiga bog‘liqdir: belgilanggan biznesni to‘xtatish yoki davom 
ettirish, yoki biznesning boshqa turi bilan shug‘ullanish. 
Bunda korxona asosiy yo‘nalishlarni belgilaydi: 
- xarajatlarni kamaytirishda yetakchilik; 
- mahsulotni ishlab chiqarish (sotishda)da ixtisoslashish; 
- bozorning ma’lum segmentini qayd etish. 
Shuni ta’kidlash kerakki, yirik va o‘rta ko‘p tarmoqli kompaniyalarda ko‘pincha 

Yüklə 462,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin