2-chizma. Yalpi taklif egri chizig‘i
•
iqtisodiyot ishlab chiqarish omillari to‘liq band bo‘lmagan sharoitda
amal qiladi;
•
baholar, nominal ish haqi qayd etilgan, bozor tebranishlaridan juda
kam ta'sirlanadi;
•
real miqdorlar (ishlab chiqarish, bandlilik, real ish) haqi harakatchan
va bozor tebranishlaridan tez ta'sirlanadi.
Vertikal yoki klassik kesmada iqtisodiyot to‘liq
bandlik sharoitiga yoki
ishsizlikning tabiiy darajasi sharoitiga erishgan vaziyatni ko‘ramiz. Iqtisodiyot egri
chiziqning bu kesmasida o‘zining ishlab chiqarish potensiali darajasida bo‘ladi. Bu
shuni bildiradiki, baholarning har qanday oshishi ishlab chiqarish hajmining
oshishiga olib kelmaydi. Chunki, iqtisodiyot to‘liq quvvatda faoliyat ko‘rsatayapti.
To‘liq bandlik sharoitida ayrim firmalar boshqa firmalarga
nisbatan resurslarga
yuqoriroq baholarni taklif etish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishga harakat
qiladi. Ammo, bunday holatda ayrim firmalarning resurslar va ishlab chiqarish
hajmini oshirishi, boshqalari uchun yo‘qotishga olib keladi. Natijada bu mahsulotlar
bahosi oshishi mumkin, lekin ishlab chiqarishning real hajmi o‘zgarmay qoladi.
Klassik nazariyada yalpi taklifni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi:
-ishlab chiqarish hajmi faqatgina ishlab chiqarish omilari hajmiga va
texnologiyalarga bog‘liq va baholar daoajasiga bog‘liq emas;
-ishlab chiqarish omillari va texnologiyalarda o‘zgarish sekinlik bilan ro‘y
beradi;
-iqtisodiyot to‘liq bandlik sharoitida
amal qiladi, ya'ni ishlab chiqarish hajmi
potensial darajaga teng;
-baholar va nominal ish haqi o‘zgaruvchan, ularning o‘zgarishi bozorlarda
muvozanatni ta'minlab turadi.
Oraliq kesma – ishlab chiqarish real hajmining o‘sishi narxlar darajasining
o‘sishiga mos ravishda o‘sib boradi. Nima uchun? Chunki, iqtisodiyotning
pasayish holatidan to‘liq bandlikka o‘tishi noteks va turli vaziyatlarda ro‘y beradi.
Masalan, ayrim tarmoqlarda resurslarning yetishmasligiga duch kelinsa, boshqa
tarmoqlarda hozircha ortiqcha resurslar mavjud bo‘ladi. Shuningdek, ular ishlab
Кўтарилиб борувчи ёки
оралиқ кесма
Dostları ilə paylaş: