5-Mavzu. Yalpi talab-yalpi taklif (ad-as) modeli Reja Yalpi talab-yalpi taklif modeliga umumiy tavsif. Yalpii talab tushunchasi va grafigi



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix16.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#98880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
P↑→

 Х↓ ( М↑

→Xn↓ →AD↓
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan omillar yalpi talabning baho omillari deb ataladi. 
Bundan tashqari yalpi talabning bahoga bog‘liq bo‘lmagan omillari ham mavjud. Bu 
omillardagi o‘zgarishlar yalpi talabning miqdorida o‘z aksini topadi va uning egri 
chizig‘ini chapga yoki o‘ngga siljitadi (1-chizma). Yalpi talabning bahoga bog‘liq 
bo‘lmagan omillariga quyidagilarni kiritamiz: 
1. Iste'mol xarajatlaridagi o‘zgarishlar: 
a) iste'molchilarning real moddiy aktivlari miqdorining o‘zgarishi; 
b) iste'molchilar kutishi; v) iste'molchilarning qarzlari miqdorining 
o‘zgarishi;g) iste'molchilar daromadlaridan olinadigan soliqlar miqdorining 
o‘zgarishi. 
2. Investisiya xarajatlaridagi o‘zgarishlar: 
a) foiz stavkasidagi o‘zgarishlar; b) investisiyalardan kutilayotgan foyda 
normasining o‘zgarishi; v) korxonalardan olinadigan soliqlar miqdorining 
o‘zgarishi; g) yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga jalb qilinishi
d)zaxiradagi quvvatlar o‘zgarishi. 


3. Davlat xarajatlarining o‘zgarishi. Masalan, harbiy xarajatlar va yangi 
kasalxona va boshqa muassasalar qurishga qaror qilinganda. 
4. Sof eksport hajmidagi o‘zgarishlar. 
a) boshqa mamlakatlar milliy daromadlarining o‘zgarishi. 
b) valyuta kurslaridagi o‘zgarishlar. 
Pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yuqoridagilardan tashqari 
yalpitalabning narxlarga bog‘liq bo‘lmagan yana ikki omilini beradi. Bular: pul 
taklifi (M) va pulning aylanish tezligi (V) dir. 
Yalpi talabning bahoga bog‘liq bo‘lmagan omillari ta'sirida AD egri 
chizig‘i o‘ngga yoki chapga siljiydi (1-chizma). Natijada ma'lum baho darajasiga 
mos keluvchi talab qilinayotgan yalpiichki mahsulot hajmi o‘zgaradi. 
Pul taklifining, pulning aylanish tezligining oshishi, boshqa davlatlar milliy 
daromadining oshishi, milliy valyuta kursining ma'lum miqdorda pasayishi (bular 
eksportning ortishi, importning pasayishiga olib kelishi tufayli) oqibatida sof 
eksportning pasayishi va yalpi xarajatlar turli komponentlarining oshishi AD egri 
chizig‘ining o‘ngga siljishiga olib keladi. Bunga aksincha bo‘lgan holatlarda AD 
egri chizig‘i chapga siljiydi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin