1-chizma. Yalpi talab egri chizig‘i
Bunday surilishning sababi har xil. Ma'lumki,
alohida olingan tovarlar
bozorida talab egri chizig‘ining surilishiga asosan daromad samarasi va o‘rinbosar
tovarlar sabab bo‘ladi. Ayrim tovarlarning bahosi pasayganda, iste'molchilarning
pul daromadlari ko‘proq mahsulot sotib olish imkonini beradi (daromad samarasi).
Shuningdek, baho pasayganda iste'molchi ushbu tovarni ko‘proq boshqa sotib oladi,
chunki u boshqa tovarlarga ni¬sba¬tan arzonroq bo‘ladi (o‘rnini
bosadigan
tovarlar).
Milliy bozorda AD-egri chizig‘ining traektoriyasini, ya'ni
uning quyiga
egilganligini, avvalo pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yordamida izohlash
mumkin:
MV=YP
Bu yerda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi;
R – iqtisodiyotdagi baholar darajasi (baholar indeksi); Y – talab qilinayotgan
real ishlab chiqarish hajmi.
Bu tenglamadan:
P = M V / Y ва Y= M V / P
tenglamalarni keltirib chiqaramiz. Bu tenglamalardan ko‘rinadiki,
baholar
darajasi qancha oshsa, real YaIM hajmiga talab shuncha past bo‘ladi, ya'ni pul
massasi (M) va uning aylanish tezligi (V) o‘zgarmas bo‘lsa baholar darajasi va yalpi
talab o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud bo‘ladi.
2. Yalpi talabning baho va bahodan boshqa
omillari
Baholar darajasi va va yalpi talab o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni , shuningdek
quyidagi baho omillari bilan izohlanadi:
1. Foiz stavkasi samarasi;
2. Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi;
3. Import xaridlar samarasi.
Foiz stavkasi samarasi shuni bildiradiki, yalpi talabning egri chiziq bo‘yicha
surilishi narxlar darajasi o‘zgarishining foiz stavkasiga bo‘lgan ta'siriga bog‘liq.
Demak, tovarlarning baho darajalari oshsa, iste'molchilarga xarid qilish uchun
katta miqdorda naqd pul kerak bo‘ladi. Ishbilarmonlar uchun ham ish haqi va boshqa
xarajatlarni to‘lashga katta miqdorda pul zarur bo‘ladi. Qisqacha
aytganda, tovarlar
bahosi darajalarining yuqoriligi pulga bo‘lgan talabni oshiradi.
Dostları ilə paylaş: