chiqarishni kengaytirish uchun yangi asosiy vositalar sotib olish va malakasiz
mutaxassislardan foydalanishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa mahsulotlar birligiga
ketadigan xarajatlarning oshishiga va natijada baholar darajasining o‘sishiga olib
keladi.
Ishlab chiqarish hajmi ko‘payishi yoki kamayishi bahoga bog‘liq bo‘lmagan
omillar hisobiga ham ro‘y berishi, bu omillar esa yalpi taklif egri chizig‘ini o‘ng
yoki chap tomonga siljitishi mumkin. Bahoga bog‘liq bo‘lmagan omillarnig
xususiyati shundaki, ular mahsulot birligiga ketgan xarajatlarga bevosita ta'sir qiladi
va shu orqali jami taklif egri chizig‘ining siljishiga sabab bo‘ladi.
Bu omillarga texnologiyalardagi o‘zgarishlar, ishlab chiqarish omillari
mihdorining o‘zgarishi, resurslar baholarining o‘zgarishi, firmalarni soliqqa
tortishdagi o‘zgarishlar boshqalar kiradi.
4. AD-AS modelida makroiqtisodiy muvozanat. Makroiqtisodiy
muvozanat buzilishining jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yuzaga kelishiga
ta'siri
AD va AS egri chiziqlarining kuesishish nuqtasi ishlab chiqarishning
muvozanatli hajmi va
baholarning
muvozanatli
darajasini
belgilaydi.
Baholarning muvozanatli darajasi deganda baholarning shunday darajasi
tushuniladiki, unda jami talab va taklif bir-biriga mos kelishi yoki teng bo‘lishi
kerak. Modlelda makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmini dastlab oraliq
kesmada ko‘rib chiqamiz (3-chizma). Dastlab muvozanat ye nuqtasida o‘rnatilgan.
Baholarning muvozanatli darajasi va yalpi ishlab chiqarish hajmining muvozanatli
hajmlari mos ravishda Pe va Ye lar bilan belgilangan. Nima uchun Pe narxlarning
muvozanatli darajasini va Ye esa yalpi ishlab chiqarishning muvozanatli hajmiini
bildirishini ko‘rsatishimiz uchun baholarning muvozanatli darajasi Pe emas, balki
P1 deb hisoblaymiz.
3-chizma. Yalpi taklif egri chizig‘ining oraliq kesmasidagi muvozanati
Baholar darajasi P1 bo‘lgan vaziyatda ishlab chiqaruvchilar yalpi ishlab
chiqarish hajmini Y1 miqdoridan oshirmaydi.
Iste'molchilar baholar darajasi P1 bo‘lganda mahsulotlarni Y2 darajada sotib
olishga tayyor turadi. AD>AS bo‘lganligi tufayli iste'molchilar o‘rtasidagi raqobat
baholar darajasini Pe gacha suradi. Baholar darajasining P1 dan Pe gacha ko‘tarilishi
ishlab chiqarish hajmini Y1 dan Ye gacha oshirishga va iste'molchilar talabini Y2
dan Ye gacha kamayishga olib keladi. Natijada AD va AS egri chiziqlari ye nuqtada
Dostları ilə paylaş: