DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy qism. (2 daqiqa).
O’qituvchining o’quvchilar bilan salomlashishi, o’quv xonasining tozaligini, o’quvchilarning darsga tayyorgarligini (o’quv qurollari, tashqi ko’rinishi) ko’zdan kechirish, davomatni tekshirish.
II.O’tilgan mavzularni so’rash. (8 daqiqa) O’tilgan darslar yuzasidan o’quvchilar bilimini savol-javob asosida aniqlash, uy vazifasini so’rash. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlarni bajarish 58-77-betdagi yangi so’zlarni yod olganini teksirish.
III.Yangi mavzu bayoni (15 daqiqa).
1.Nutqiy mavzu: ”Dam olish kunim” matni “Zanjir” usuli orqali o’quvchilar yangi mavzu bilan tanishadilar va quyidagi savollarga javob beradilar: 1.Dam olish kuni deganda qaysi kunni tushunasiz? 2.Dam olish kuni uchun avvaldan reja tuzasizmi? 3.Dam olish kunini yoqtirasizmi? Nima uchun?
2.Grammatik mavzu: Chiqish kelishigi -dan qo’shimchasi orqali ifodalanadi. Bu kelishikdagi so’z kimdan?, nimadan?, qayerdan? so’roqlariga javob bo’ladi.
Bu kelishikdagi so’zlar, asosan, fe’l bilan bog’lanadi. Masalan: Maktabdan keldi. Ukamdan oldim. Chiqish kelishigidagi so’z quyidagi ma’nolarni bildiradi:
1. Harakat manbayini: Shahardan chiqdik.
2. Narsaning materialini: Shishadan yasalgan.
3. Qiyoslashni: U mendan baland.
4. Paytni: Ertalabdan ishga kirishdik.
Dostları ilə paylaş: |