5-variant Test (10 ball) Markaziy bank hisobdor b


Tumanlarga bo‘linadigan shaharning byudjeti



Yüklə 410,5 Kb.
səhifə2/7
tarix28.04.2023
ölçüsü410,5 Kb.
#104463
1   2   3   4   5   6   7
91-2 MMT Xalilov S

Tumanlarga bo‘linadigan shaharning byudjeti




shahar tarkibiga
kiruvchi tumanlar byudjetlari

shahar byudjeti


5. Byudjet tasnifi (5 ball) –
Byudjet (ing. budget — hamyon, mablag‘) - belgilangan muddat (yil, kvartal) uchun ishlab chiqilgan, me’yorlashtirilgan hamda qonuniy ravishda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar yig‘indisi. Byudjet davlat darajasida Davlat byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, shuningdek viloyat, tuman (mahalliy hokimiyat), xo‘jalik sub’ektlari, oila yoki shaxs darajasida tuzilishi mumkin. Byudjetni tuzish va belgilangan tartibda tasdiqlash o‘z navbatida uning amal qilishi hamda bajarilishi ustidan nazorat yuritishni talab qiladi. Byudjetda xarajatlarning daromadlardan ortib ketishi Byudjet taqchilligi muammosini keltirib chiqaradiO‘zbekiston Respublikasining Byudjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish asoslari, davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, ijro etish tartibi va boshqa masalalar O‘zRning «Byudjet tizimi to‘g‘risida» qonuni (2000 y. 14 dek.
158-II-son) bilan tartibga solinadi.
Byudjet tasnifi byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlari, shuningdek Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalarini guruhlashdan iborat bo‘lib, byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish va ijro etishni tizimlashtirish uchun foydalaniladi.
Byudjet tasnifi xalqaro tasnif tizimlariga muvofiq ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Byudjet tasnifi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlaridan mablag‘ oluvchi tashkilotlarga qo‘llaniladi hamda Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro qilish, shuningdek Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash maqsadida foydalaniladi.+
Byudjet tasnifi byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlarini, shuningdek Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalarining guruhlanishi bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifi;
byudjet tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifi;
Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifi.
Byudjet tasnifi byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish hamda ijro etishni tizimlashtirish uchun foydalaniladi va u byudjet ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlaydi.

Yüklə 410,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin