Xarajatlar tasnifi tuzilmasi quyidagi ko‘rinishga ega:
Budjet tizimi budjetlari mablag‘larining manbalari va darajalari tasnifi
|
Vazifa jihatdan tasnif
|
Tashkiliy tasnif
|
Iqtisodiy tasnif
|
Hududiy tasnif
|
X
|
XXX
|
X
|
X
|
X
|
XXX
|
XXX
|
XXX
|
XX
|
XX
|
XXX
|
XX
|
XXX
|
Hududiy tasnif budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning tegishli ma’muriy-hududiy birlikka mansubligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi.
Byudjetning asosiy vazifalari:
milliy daromadni qayta taqsimlash;
iqtisodiyotni tartibga solish;
byudjet sohasini moliyaviy ta’minlash va davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirish;
markazlashgan pul mablag‘lari jamg‘armalarini tashkil etish va foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
byudjet tizimining yagonaligi;
byudjet tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi;
byudjet tizimi byudjetlarining balansliligi va o‘zaro bog‘liqligi;
Savollar (10 ball):
1. Rasmni tahlil qiling.
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan Davlat
investitsiya dasturida kiritilgan investitsiya loyihalarning yo‘nalishlari
2. Davlat byudjetining xarajatlari, tarkibi va tuzilishi.
Davlat byudjetining xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya bo‘lgan byudjetning ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, unga tegishli bo‘lgan umumiy xususiyatlarga egadir. Davlat byudjetining xarajatlari xarajatlarning konkret turlari orqali namoyon bo‘ladi. Byudjet xarajatlari konkret turlarining xilma-xilligi esa, o‘z navbatida, quyidagi omillarning mavjudligi bilan belgilanadi: davlatning iqtisodiy tabiati va funktsiyalari; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi; byudjetning milliy iqtisodiyot bilan bog’langanligi; iqtisodiy munosabatlarning rivojlanganlik darajasi; byudjet mablag’larining namoyon bo‘lish shakllari va h.k.
Davlat byudjetining barcha xarajatlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
— ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
— milliy iqtisodiyotga xarajatlar;
— mudofaa xarajatlari;
— boshqaruv xarajatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining
Dostları ilə paylaş: |