Buning ustiga mahalliy hokimlar, bek-
amaldorlarning o„zboshimchalik bilan xalq
boshiga
solayotgan behad jabr-zulmi, bunga
javoban yuz berayotgan xalq g„alayonlari
(masalan, 1206-1207 yillarda Buxoroda, 1212
yilda Samarqandda ko„tarilgan qo„zg„olonlar)
saltanatning ichdan
emirilishiga sabab
bo„lmoqda edi. So„ngra oliy hokimiyat ichidagi
kuchli muxolifatchilik harakati, xususan,
Xorazmshoh bilan
uning onasi Turkon Xotun
tarafdorlari o„rtasidagi ochiqoshkor tarzdagi
siyosiy kurash ham Xorazm davlatining
beqarorlik holatini yaqqol ko„rsatardi.
Qo„shni Xorazmshohlar davlatida kechayotgan
bu xildagi chuqur tanazzullik holatlaridan to„la
xabardor bo„lgan,
undagi barcha jarayonlarni
o„zining maxsus josuslik mahkamasi orqali
sinchkovlik bilan kuzatib turgan Sharqdagi
boshqa bir qudratli mo„g„ul davlati
hukmdori
Chingizxon esa katta harbiy tayyorgarlik ko„rib,
tez orada Movarounnahr sarhadlari tomon
istilochilik urushlarini boshlashga
chog„lanayotgandi.
Darhaqiqat, XIII
asrning birinchi choragida
amalga oshirilgan mo„g„ultatar galalarining
shafqatsiz bosqini nafaqat Xorazmshohlar
davlati
tarixida, balki shu bilan birga unda
yashagan barcha ulug„ ajdodlarimiz qismatida
ham mislsiz fojia bo„ldi.
Dostları ilə paylaş: