6- mavzu: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Tarbiya turlari. Aqliy, ma’naviy- axloqiy, estetik, mehnat hamda jismoniy tarbiya. Reja



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/23
tarix07.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#94588
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
6- mavzu O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. T

6. Sport musobaqalari. Bu ta’lim oluvchilarning muntazam ravishda 
jismoniy mashqlar bilan Shug’ullaniShini e’tiborga olinishini nazarda tutiladi. 
Umumiy jismoniy tayyorgarlik guruhlarini tuzishga keng imkoniyatlar yaratadi va 
ular bolalar jamoalarini yanada jipslashtiradi. Bu borada Respublikamizda katta 
ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, maktab o’quvchilari uchun “Umid 
nihollari”, o’rta maxsus, kasb – hunar ta’limi o’quv muassasalari o’quvchilari 
uchun “Barkamol avlod”, Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun “Universiada” va 
Shu kabi Respublika miqyosidagi sport musobaqalarining tashkil etilishi 
yoshlarimizning ham jismonan, ham aqlan barkamol bo’lishiga yurtimizdagi katta 
e’tibordir. 
Jismoniy tarbiyani tashkil etishning bundan boshqa yo’llarini ham amalga 
oshirish mumkin va ularning barchasining mazmun – mohiyati yoshlarimizning 
ma’naviy jihatdan yetuk, jismoniy jihatdan baquvvat bo’lishligidan iborat 
bo’lmog’i lozim. Ayniqsa, sog’lomlashtirish guruhlari ishini olib borishda 
jismoniy tarbiyaning mos turlarini tanlash o’ta muhim bo’lib, kishi salomatligini 
ta’minlash garovidir.
Jismoniy tarbiya vositalarini Shartli ravishda uchta yo’nalishga ajratiladi. 
Ular: 

Sanitariya – gigiyena omillari; 

Tabiatdagi sog’lomlashtiruvchi kuchlar; 

Jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishga yo’naltirilgan jismoniy mashqlar 
tizimi. 
Endi har bir yo’nalish bo’yicha qisqacha ma’lumotlarni keltiramiz. 
Birinchi yo’nalish asosan jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanishning 
kundalik rejimi asosida harakatlar majmuini tashkil etadi. Qat’iy rejim har qanday 
yoshni sog’lig’ini muntazam ravishda ta’minlash bilan birga ularni algoritmik 
tarzdagi tartib – intizomga ham o’rgatadi va bu faoliyat Shartli refleksga aylanib 
bo’ladi. Shuningdek, yoshlarning kundalik rejimni muntazam ravishda bajarib 
borishi, ular organizmining ritm bilan ishlashiga odatlantiradi va domiy hayotiy 
ehtiyojga aylanadi. 
Rejimga rioya qilmaslik, ya’ni o’z vaqtida ovqatlanmaslik, me’yorida 
uxlamaslik, aqliy va jismoniy mehnatlarning tartibsiz bajarilishi quyidagi salbiy 
oqibatlarning paydo bo’lishiga olib keladi: 

Kishi organizmini tashqi muhitga chidamliligi susayadi, ya’ni organizm 
bo’shashib ketadi; 



Organizm hujayralarining me’yoriy harakatlari faoliyati buziladi; 

Kishi bosh miyasi funksiyasi buziladi. 
Kundalik rejim tuzishda kishilar yoshi, o’quv yurtlaridagi mashg’ulotlar 
muddati, ovqatlanish vaqti, ochiq havoda dam olish vaqti, yilning fasllari va aqliy 
mehnat bilan jismoniy mehnatning almashinuvi kabi jihatlari e’tiborga olinsa 
kundalik rejim tuzishning optimal variantlarini kafolotlashga erishiladi. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin