1 4 2
– Bundan ziyod qanday yiqitib bo‘ladi?!
– Xaloyiq, so‘zlab bo‘ldingizmi? – dedi Bo‘ri polvon. –
Qaytarib aytaman, Tilovberdi polvonning yiqitgani bekor!
– Nimaga bekor bo‘lar ekan?
– Chunki u odamlar ustiga yiqitdi! – dedi Bo‘ri polvon.
– Sizga baribir emasmi qayerga yiqitgani?!
– Yo‘q! Polvon polvonni osmonning ko‘kiga otsayam bekor!
Polvonmisan – yerning ustiga yiqit! Qani, boshqatdan olishinglar!
Tilovberdi polvon otasiga o‘qraydi. Qobog‘ini uydi. Tag‘in
davra aylandi.
Bo‘ri polvon bildi, o‘g‘li undan norozi bo‘ldi.
«Oh, qaniydi, o‘g‘li hozir yiqitgan bo‘lsa! O‘g‘li buni bil-
maydi-da! Bilmagani yaxshi...»
XXXVI
Tilovberdi polvon g‘olibona yurishda davom etdi. O‘ng oyo-
g‘ini lapanglatib-lapanglatib olg‘a tashladi. Ba’zan haddan ziyod
olg‘a tashlab yubordi. Shunda gavdasi orqada qolib-qolib ketdi.
Abray polvon sezdi! Ammo Tilovberdi oyog‘iga atayin qara-
madi! Ko‘zlariga tik boqib bora berdi! Bor diqqat-e’tibori esa
oyog‘ida bo‘ldi. Bo‘lajak vaziyat to‘lishib kelajak sayin ko‘zlari
yanada besaranjom boqdi, bejo boqdi.
Xo‘jasoatliklar Tilovberdi polvon beparvoligi oqibatida ro‘y
berayotgan nozik vaziyatni ko‘rib turdi. Ammo Tilovberdi
polvonni ogoh qilishga jur’at etolmadi. Ehtimol, ko‘zlari tik
boqayotgan Abray polvon bu vaziyatni payqamayotgandir?
Bordi-yu, ovoz bersalar, Abray polvon bilib qolmaydimi?
Xo‘jasoatliklar ana shu tashvishda miq etmay o‘tirdi.
Qaltis vaziyat bo‘ldi!
Davra nafasini yutdi.
Tevarak suv sepganday jimjit bo‘ldi.
Faqat Tilovberdi polvon bilan Abray polvon nafasi eshitildi.
Polvonlar bir-birini ruhan arbadi
1
.
1
Dostları ilə paylaş: