6 Adabiyot II qism 2017. p65


! «YULDUZLAR MANGU YONADI» QISSASI HAQIDA



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/73
tarix27.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#59825
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   73
Adabiyot 2-qism 6-sinf

!
«YULDUZLAR MANGU YONADI» QISSASI HAQIDA
«Yulduzlar mangu yonadi» qissasini o‘qir ekanmiz, bu asar
biz mutolaa qilgan boshqa asarlardan juda ko‘p jihati bilan farq
qilishini anglaymiz. Bu farq, avvalo, muallifning hikoya tarzida
ko‘rinadi. Guvohi bo‘lganingizdek, asar tili va yozuvchi uslubi
muallif unib-o‘sgan Surxon vohasida yashaydigan xalq tili va
muomala usuli bilan chambarchas bog‘liqdir. Tog‘ay Murod
go‘yo qishloqdoshlariga qiziqarli bir rivoyat so‘zlab berayotgan-
day tutadi o‘zini. U shu tinglovchilariga tushunarli, sodda tilda
so‘zlaydi, qisqa-qisqa gaplar tuzadi. Shunisi qiziqki, bu hikoya
usuli yurtimizning istagan hududidagi o‘quvchini ham darrov
o‘ziga tortadi, uni jon qulog‘ini berib eshitishga undaydi.
Nega?
Nega o‘rtada anglashmovchilik paydo bo‘lmaydi, tushunarsiz
holatlar yuzaga kelmaydi? Axir, Siz bilan biz o‘rganib qolgan
nasriy asarlarning voqea-hodisalarni bayon qilish usuliga Tog‘ay
Murod hikoya tarzi hecham o‘xshamaydi-ku! Yozuvchi bilan
bizni yaqinlashtirayotgan narsa nima o‘zi? Nimaga biz ham
muallif bilan birga suyunib, birga yuragimiz achishib boradi?
Tog‘ay Murod hayoti va ijodi haqida gapirganimizda, uning
asarlarida favqulodda qahramonlar, o‘ta aqlli odamlar uchra-
masligini eslatgandik. U tanlagan qahramonlar oddiy – Siz bilan
biz deyarli har kuni ko‘cha-ko‘yda uchratadigan, ko‘pincha
ahamiyat ham bermay o‘tib ketadigan kishilardir.
Demak, Tog‘ay Murod qahramonlari bilan bizni
qalban yaqinlashtirayotgan narsa – xalqimizga xos
bo‘lgan soddalik, samimiylik, to‘g‘rilik, ochiq ko‘ngil-
lik xislatlaridir.
Millatning bu bebaho fazilatlari «Yulduzlar mangu yonadi»
qissasida ortiqcha jimjimaga o‘ralmay, alohida bo‘rttirilmay, ata-
yin ta’kidlanmay aks ettiriladi. Surxondaryoning olis qishloqla-
rida yashaydigan oddiy insonlar uchun OR, NOMUS, G‘URUR,
UYAT, ANDISHA, KAMTARLIK, HALOLLIK, MARDLIK


1 4 6
!
singari hislar alohida qahramonlik belgisi emas. Bu hislar har bir
kishining tabiiy yo‘ldoshi bo‘lishi lozimligini qissaning ko‘plab
ta’sirchan voqealaridan bilib olamiz.
Eslang, bu asar 1976-yilda yozilgandi.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin