6 Adabiyot II qism 2017. p65


Arbadi – avradi, chalg‘itdi. 1 4 3 XXXVII



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/73
tarix27.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#59825
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   73
Adabiyot 2-qism 6-sinf

Arbadi – avradi, chalg‘itdi.


1 4 3
XXXVII
Bo‘ri polvon davra chetida chordana qurdi. O‘zini, jamiki
olamni unutdi...
Qo‘ynidan tasbehini oldi. Donalab-donalab tasbeh ag‘dardi.
Shiq!
Ichida kalima qaytardi! O‘ng kaftini yuziga tortdi. Boshi
chapga xiyol qiyshaydi. O‘g‘lining lapanglayotgan oyog‘idan
ko‘z uzmadi. «O‘g‘lim, oyog‘ingni ol!»
Shiq!
Bo‘ri polvonni zo‘r hadik bosdi. Qaddi tobora cho‘kib bordi.
Tomog‘ini qirdi. Ovozini yolg‘iz o‘zi eshitdi. Og‘zini angray-
gannamo ochdi.
«O‘g‘lim, senga aytaman!»
Shiq!
Yo‘q, zafarli yurishlarga o‘rganib qolgan otasining o‘g‘li
oyog‘ini olmadi. Aksincha, xuruj qilib bora berdi.
Shiq!
Abray polvon Tilovberdi polvon ko‘zlaridan ko‘z olmadi.
Ko‘z ayirmadi.
Tilovberdi polvonni oyog‘i yerga tekkuncha zarb bilan qoqib
yubordi.
– Xap-a-a-a! – deya ayqirdi.
Hayqiriq nihoyasiga yetmayoq, Tilovberdi polvon ikki yag‘-
rini bilan gupillab tushdi!
XXXIX
Shiq!
Bo‘ri polvon qo‘lidagi tasbeh yerga tushdi.
Ko‘zlari yumildi, boshi orqaga xiyol chalqaydi.
Keyin o‘zini o‘nglab oldi. Nasim polvonga qaradi. Mun-
g‘ayib-mun-g‘ayib qaradi.
Nasim polvon iljaydi, Nasim polvon tantana qildi!
Bo‘ri polvon boshini xam qildi. Yerda kulcha bo‘lib yotmish
tasbehini oldi. Ohista qo‘zg‘aldi. Davradan enkayib-enkayib
chiqib ketdi. Davra sirtida kiyinajak o‘g‘li ovozini eshitdi.


1 4 4
O‘g‘il yig‘lab-yig‘lab aytdi:
– Men yiqitganda g‘irrom dedi, mana oqibati! Otamiz
niyatiga yetdi! Otamiz bor ekan, bizga g‘animning keragi yo‘q!..
Bo‘ri polvon oyoq ildi. Nimadir demoqchi bo‘ldi. Ammo
so‘zlashga madori yetmadi.
Ohista-ohista odimladi. Qorong‘ilikka kirib ketdi. Duch kel-
mish g‘o‘zapoya uyumiga chiqdi. Yelkasidan nafas oldi. «Qoron-
g‘i qanday yaxshi, odamlar ko‘rmaydi...» – cho‘nqayib o‘tirdi.
Keyin yonboshladi. Telpagini ketiga surdi. Titrayotgan barmoq-
lari tasbeh donalarini sur’at bilan sanadi: shiq, shiq, shiq...
XLII
Bo‘ri polvon ko‘ngli to‘lib-to‘lib ketdi.
Ko‘ngli to‘ridan nimalardir o‘ksib-o‘ksib kela berdi. O‘ksik
zarbidan yelkalari silkina berdi. Yonoqlaridan marjon-marjon
yoshlar oqdi. Ohlar – yurakdan, yoshlar – ko‘zdan bo‘la berdi...
«Nasim oshna, ko‘zimga ko‘rinib, yaramni yangilading. Yana
tag‘in o‘g‘limni-da yiqitding.
Bilib qo‘y, oshna... izingdan surganim surgan! Qayerda davra
bo‘lsa, izingdan quvib boraman!
Tilovberdini o‘g‘ling bilan uch safargacha olishtiraman! Bordi-
yu uch martasida-da o‘g‘ling o‘ktam kelsa... unda, nailoj, uchdan
keyin puch.
Baribir qo‘ymayman! Ana, nevaralarim bor! Nasib bo‘lsa,
nevaramni nevarang bilan olishtiraman!
Ishonchim komilki, nevaram bobosining orini oladi!
Sen ko‘rmayapsan, oshna, oy botib, yulduzlar so‘nib-so‘nib
boryapti.
O‘g‘lim o‘ktamligida yulduzlar yongani-yongan bo‘ladi. O‘g‘-
lim mag‘lubligida yulduzlar so‘ngani-so‘ngan bo‘ladi.
Yo‘q, oshna, yo‘q!
Yulduzim hali yonadi! Davralarim hali davom etadi! Neva-
ralarim davralarda:
– Yo, bobomning piri, deb olisha beradi!
Yulduzim mangu yonadi!»


1 4 5

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin