1 5 7
Savol va topshiriqlar
Narvon nima uchun xizmat qiladi? Insonni tepalikka, ba-
landlikka, yuksaklikka olib chiqish uchun. «Qo‘sh terak»ning –
ota va onaning umri esa farzandlarini shu yuksakliklarga yo‘llash
tashvishida kechadi. Ular o‘z yelkalarida kelajakni ko‘tarib tu-
radilar!
Ajoyib shoir Ibroyim Yusupovning hayoti va ijodi, «Qadrdon
so‘qmoqlar» she’rining boshqa xususiyatlarini
esa quyidagi savol
va topshiriqlarga javob topish asnosida o‘zimiz uchun kashf
qilamiz.
1. O‘zbek va qoraqalpoq xalqlarining qadimdan bir oila far-
zandlari kabi ahil va inoq yashab kelayotganiga hayotdan mi-
sollar keltiring.
2. Ibroyim Yusupovning mehnat faoliyati
uning hayoti davomida
qaysi sohalar rivojiga ko‘proq hissa qo‘shganini anglatadi?
3. «Qadrdon so‘qmoqlar» she’rining yozilishiga nimalar sabab
bo‘lgan, deb o‘ylaysiz?
4. She’rning beshinchi bandini batafsil tahlil etishga harakat
qiling.
5.
«– Inim, bog‘ga nega bog‘lading eshak?
– E, anov chiriy deb qolgan olma-ku!» misralarida hayotning
qanday haqiqati ifoda etilyapti? Buni o‘qituvchingiz va
sinfdoshlaringiz bilan birgalikda muhokama qiling.
6. «Qadrdon so‘qmoqlar» she’ridan
olgan taassurotlaringizni
yozma bayon etishga harakat qiling.