1 5 1
dagi ibratli faoliyati uchun Ibroyim Yusupov 2004-yilda «O‘zbe-
kiston Qahramoni» degan yuksak unvonga sazovor bo‘ldi.
Taniqli ijodkor, qoraqalpoq va o‘zbek
xalqining fidoyi
farzandi Ibroyim Yusupov 2008-yilda 79 yoshida olamdan o‘tdi.
* * *
QADRDON SO‘QMOQLAR
Har kimning tug‘ilgan yeri – Misr shahri.
(Maqol)
Qizil kendir bilan shivirlashar tol,
Turna uchib borar olis yoqlarga.
Talay yo‘llar bosib misoli shamol
Yana qaytib keldim bu so‘qmoqlarga.
Ushbu tor so‘qmoqqa qadam qo‘yganda,
Qaytadan men bola bo‘lib ketaman.
Intiqqan
yuragim kengayib shunda,
Chamamda qush bo‘lib parvoz etaman.
Mosh paykalda gala chumchuq chug‘urlar,
She’r o‘qishib turgan yosh shoirlarday.
Burilishda tanish qo‘shig‘in kuylab,
Qo‘shni qiz oldimdan chiqib qolarday.
Biroq u bunda yo‘q, u yiroqlarda...
Bizning joylar o‘rni hozir paxtazor.
Nechog‘lik monandsiz bizning yoqlarda,
Deb doim maqtayman, so‘rashsa agar.
Gul terib, kapalak quvgan sho‘x vaqtim,
Anov bedazorda yurgan toy dersan.
Yo tavba, shu bitta qiyshiq so‘qmoqning
Dilga yaqinligin qanday aytarsan!
1 5 2
* * *
Cholga salom bersam o‘sha so‘qmoqda,
«Kimsan?» deb tanimay menga qaradi.
Bir bola uchrasa sal nariroqda:
– Kimning o‘g‘lisan? – deb men ham so‘radim.
* * *
– Ota, narvon bo‘pti anov qo‘sh terak!
– Bolam,
terak emas, bu umr-ku, bu!
– Inim, bog‘ga nega bog‘lading eshak?
– E, anov chiriy deb qolgan olma-ku!
Dostları ilə paylaş: