6 Adabiyot II qism 2017. p65


IBROYIM YUSUPOV SHE’RLARI HAQIDA



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/73
tarix27.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#59825
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Adabiyot 2-qism 6-sinf

IBROYIM YUSUPOV SHE’RLARI HAQIDA
Bolalar, inson umrini oqar daryoga o‘xshatishlarini ko‘p
eshitgansiz. Nega umr aynan daryoga o‘xshatiladi? Chunki daryo
suvi bir oqib o‘tgan joydan yana qayta oqmaydi. Odam ham o‘z
umrining biror daqiqasini ortga qaytara olmaydi. Umr xuddi
daryo singari oqib o‘tib ketadi. Yana bir gap borki, odam bir
marta tushgan daryo suviga boshqa tusha olmaydi. Ya’ni o‘sha
daryoda boshqa safar ham cho‘milishi mumkin, biroq u tushgan
daryoda bu safar boshqa suvlar oqadi. Shunday ekan, insonning
o‘z o‘tgan umrini, ayniqsa, bolaligi – beboshligi kechgan
davrlarni sog‘inishi, qo‘msashi tabiiy tuyg‘u hisoblanadi.
Yana bir savol ustida o‘ylanib ko‘rish mumkin. Ya’ni nima
uchun odam aynan bolaligini ko‘proq qo‘msaydi, uni tushlarida
ko‘radi, unga sari talpinaveradi? Gap shundaki, bolalik – umr-
ning eng betashvish, eng beg‘ubor, eng shavqli pallasi hisob-
lanadi. Bu paytda butun borliq bola ko‘zi, bola tasavvuri bilan
idrok etiladi. Atrofdagi barcha narsalar birinchi bor ko‘rilayot-
gani, eshitilayotgani, his qilinayotgani tufayli ham nihoyatda
qiziq, sirli va go‘zal ko‘rinadi. Aksariyat odamlar bolaga shafqat
nazari bilan qaraydi, uni erkalaydi, suyadi. Bola kattalardan


1 5 3
!
g‘amxo‘rlik, e’tibor ko‘radi, atrof tabiatdagi har bir narsa unga
qadrdon bo‘lib qoladi. O‘zi tug‘ilib o‘sayotgan hovli, ko‘cha va
mahallasi dunyodagi eng issiq go‘sha, ota-onasi olamdagi eng
mehribon insonlar bo‘lib xotirasiga muhrlanadi...
Afsuski, umr, yuqorida aytilganidek, bir joyda to‘xtab tur-
maydi, xuddi daryo suvi misol oldinga oqaveradi. Inson ulg‘aya
borgani sari uni turmush ehtiyojlari turli yo‘llarga yetaklab olib
ketadi. Endi bolaligidagi beg‘ubor sho‘xliklari, bir-biridan quv-
noq o‘yinlari, tashvishsiz kunlari ortda qoladi. U endi hamma
joyda ham, hamma odamlardan ham faqat yaxshilik, ezgulik
ko‘ravermaydi. Turfa xil vaziyatlarda turli tabiatli kishilar bilan
muomala-muloqotga kirishadi, bir kun xursand bo‘lsa, boshqa
kun dili og‘rib uyga qaytadi...
Shunday odamlar borki, taqdir ularni tug‘ilgan yerlaridan olis-
larga olib ketadi. Yaqinlari, qarindosh-urug‘lari, xesh-u birodar-
laridan ancha muddat uzoqda yashashga, turli davralarda bo‘-
lishiga to‘g‘ri keladi. Ish, bola-chaqa tashvishi, tirikchilik sabab
tug‘ilgan joylarga tez-tez borib turishning imkoni bo‘lmaydi.
Oradan yillar o‘tib, umr bir joyga borganda qadrdon go‘shalarga
yana qadam bosar ekan, insonni g‘alati hislar chulg‘ab oladi.
Ibroyim Yusupovning «Qadrdon so‘qmoqlar» she’ri aynan mana
shu holatni boshdan kechirayotgan kishi tuyg‘ularini badiiy aks
ettirishi bilan o‘quvchi ko‘ngliga birdan ta’sir etadi.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin