6-bob. Relatsion modellarga kirish tayanch iboralar



Yüklə 473,86 Kb.
səhifə2/14
tarix02.01.2022
ölçüsü473,86 Kb.
#36152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2 5188419733082343738

Kodd qoidalari
Doktor E.F. Kodd tomonidan 1970-yilda e’lon qilingan «Katta bo‘li-

nuvchan berilganlar banki uchun berilganlarning relatsion modeli» [17]

nomli maqola zamonaviy relatsion BB avlodining boshida turadi deb,

hisoblash mumkin. Doktor E.F. Kodd relatsion modelning 13ta qoidasini

aniqlab berdi (ularni Koddning12ta qoidasi deyiladi).

Koddning 12ta qoidasi:
69

0. Relatsion BBBT berilganlar bazasini o‘zidagi relatsion imkoniyatlari

orqali to‘liq boshqarishga ega bo‘lishi kerak.

1. Axborot qoidasi – relatsion BBdagi barcha ma’lumotlar (jumladan,

jadvallar nomi va ustunlar nomi) jadvaldagi qiymat sifatida qat’iy

aniqlanishi kerak.

2. Kafolatli kirish – relatsion BBdagi har qanday ma’lumotga kirish

jadval nomi, birlamchi kalit va ustunlar nomi kombinatsiyalari orqali

kafolatlangan bo‘lishi kerak.

3. Bo‘sh qiymatlarni to‘ldirish (null value) – BBBT oshkormas ravish-

da beriladigan qiymatlardan tashqari, ixtiyoriy domenlarga bog‘liqsiz

ravishda bo‘sh qiymatlar bilan ishlashni (noma’lum yoki foydalanilmagan

qiymatlar) bilishi lozim.

4. Onlaynli relatsion jurnal – BBning tavsifi va uning mazmuni,

mantiqiy darajada jadval sifatida ko‘rsatilgan bo‘lib, ularga BBning tilidan

foydalangan holda so‘rovlarni qo‘llash imkoniyati yaratilishi kerak.

5. Berilganlarni boshqarish tili to‘liq – kamida bitta til aniq belgilangan

sintaksisga ega va keng qamrovli bo‘lishi kerak. U, berilganlarni

tuzilishining tavsifini, berilganlar ustida amallar bajarishni, butunlik

qoidasi, mualliflik huquqi va tranzaksiyalarni qo‘llab-quvvatlashi kerak.

6. Ko‘rsatilganlarni (views) o‘zgartirish qoidasi – nazariy yangilanishi

mumkin bo‘lganlar, har qanday ko‘rsatilganlar tizim orqali yangilanishi

lozim.

7. Kiritish, o‘zgartirish, o‘chirish – BBBT faqat berilganlarni tanlashni



emas, balki kiritish, o‘zgartirish, o‘chirish amallarini ham bajarishi lozim.

8. Berilganlarning fizik mustaqilligi – ilova programmalar va maxsus

programmalar, berilganlarga fizik usulda kirish va berilganlarning saqlanish

tuzilmalariga, mantiqiy ta’sir qilmaydi.

9. Ma’lumotlarning mantiqiy mustaqilligi – ilova-programmalar va

maxsus programmalar jadvallar tuzilishidagi o‘zgarishlarga mantiqan ta’sir

qilmaydi.

10. Butunlikning mustaqilligi – BB tili butunlik qoidalarini aniqlash

imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Ular onlayn bo‘limida saqlanishi va uni

chetlab o‘tib ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish mumkin bo‘lmasligi kerak.

11. Taqsimot mustaqilligi – ilova-programmalar va maxsus program-

malarga, ma’lumotlarning birinchi marta ishlatilishi yoki takroriy

ishlatilishidan qat’i nazar, mantiqiy ta’sir qilmaydi.

12. Buzmaslik – quyi darajadagi tillardan foydalangan holda, BB tili

orqali aniqlangan berilganlar butunligi qoidasini buzishga yo‘l qo‘ymaslik.

E.F. Kodd relatsion algebrani BB relatsion boshqarish tizimiga,

berilganlarni bog‘langan termalarga taqsimlash uchun qo‘llashni taklif qildi.

U o‘zining BB tizimini, berilganlar termasi asosidagi konsepsiya atrofida

70

yaratdi [10-13,15-18]. Berilganlarning relatsion modelini yaratgani uchun



1981-yilda E.F. Kodd Hisoblash texnikasi bo‘yicha Amerika assotsiat-

siyasining Tyuring mukofotiga sazovor bo‘ldi.



Yüklə 473,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin