6-bob. Relatsion modellarga kirish tayanch iboralar



Yüklə 473,86 Kb.
səhifə9/14
tarix02.01.2022
ölçüsü473,86 Kb.
#36152
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2 5188419733082343738

(birlashgan) kalit bo‘ladi.

Kalit BB loyihalash va uni amalga oshirish jarayonlarida turlicha

ma’no kasb etadi. Loyihalash jarayonida kalit munosabatdagi satrni bir

ma’noda tavsirlovchi bo‘lib, bitta yoki bir nechta tushuniladi. Har bir

munosabat kamida bitta kalitga ega bo‘ladi, chunki har bir kortej noyob

hisoblanadi. Maksimal tarzda kalit munosabatdagi hamma domenlarning

birlashmasidan tuzilishi mumkin.

Loyihani amalga oshirish jarayonida kalit atamasi boshqacha tushu-


76

niladi. Ko‘pgina relatsion BBBT kalit sifatida ustun olinadi va shu asosda

boshqarish tizimi indekslar yaratadi. Indeks berilgan ustundagi qiymatlarni

tezda topishga imkon yaratadi. Bu kalitlarning noyob bo‘lishi shart emas,

chunki ular faqatgina tezlikni oshirishga xizmat qiladi.

Ana shu kalitlarni bir-biridan farqlash uchun mantiqiy va fizik kalitlar

deb atashadi. Mantiqiy kalit bu ustunni noyob elementlarini, fizik kalit esa

tezlikni oshiruvchi indeksdan iborat.

Berilgan munosabatning kortejini yagona tarzda aniqlovchi atribut yoki

atributlar majmuasi superkalit deyiladi. Superkalit munosabatdagi har bir

kortejni bir qiymatli aniqlaydi. Lekin superkalit noyob identifikatsiyalash

shart bo‘lmagan qo‘shimcha atributlarni ham saqlashi mumkin. Bizni noyob

identifikatsiyalash shart atributlar qiziqtiradi.

Berilgan munosabatning superkaliti bo‘lgan va qism to‘plami bo‘lma-

gan superkalit, nomzod kalit deyiladi. Berilgan R munosabatning N nomzod

kaliti ikkita xossaga ega:

Noyoblik. R munosabatning har bir kortejida N nomzod kalitning

qiymati shu kortejni yagona ravishda identifikatsiyalaydi.

Keltirib bo‘lmaslik. N nomzod kalitning mumkin bo‘lgan qism

to‘plamidan hech biri noyoblik xususiyatiga ega emas.

Munosabat bir nechta nomzod kalitlarga ega bo‘lishi mumkin. Agar

kalit bir nechta atributdan iborat bo‘lsa, u tarkibli kalit deb ataladi.

Takrorlanuvchi qismga ega munosabatni, ikki qismga ajratib, biriga

shu takrorlanuvchi qismni alohida munosabatga ajratsak, biz shu

munosabatni normallashtirgan bo‘lamiz. Hosil bo‘lgan yangi munosabat o‘z

nomiga ega bo‘ladi (6.1-rasm). Yangi munosabat o‘zining kalitiga ega

bo‘lishi va u, kortejlarni bir qiymatli aniqlashi kerak. BUYURTMA_

RAQAMI elementi MAXSULOTLAR_PARTIYASI yangi munosabatida

MAXSULOT_RAQAMI elementi bilan birga tarkibli kalit bo‘lib, kor-

tejlarni bir qiymatli tavsiflaydi.

6.1 kabi jadvallarni chizmaslik uchun qavsdan oldin munosabat nomi

va qavsda domenlar nomi ketma-ket yozilib vergullar bilan ajratiladi. Bir-

lamchi kalitlarning tagiga chiziladi. Shu usuldagi ushbu munosabatlarning

ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:

SOTIB_OLISHGA_BUYURTMA (BUYURTMA RAQAMI , TA’MI-

NOTCHI RAQAMI, BUYURTMA SANASI, YETKAZISH SANASI,

JAMI)


MAXSULOTLAR_PARTIYASI (BUYURTMA RAQAMI , MAXSU-

LOTLAR RAQAMI , NARXI, SONI)

Nomzod kalitni identifikatsiyalash uchun ishlatiladigan atributlarning

«haqiqiy dunyo»dagi ma’nosini chuqur bilish kerak. Faqat shu asosda tak-

rorlanuvchi qiymatlar mavjudligi haqida qaror qabul qilish mumkin. Ana

77

shu semantik ma’lumotga ega bo‘lingandagina, atributlarning kombinat-



siyasi munosabatning nomzod kaliti bo‘ladi, deb kafolat berish mumkin.

Munosabatdagi kortejlarni noyob identifikatsiyalash uchun tanlangan

nomzod kalit, birlamchi kalit deyiladi. Munosabatda kortejlar nusxasi bo‘l-

magani uchun, uni har bir satrini noyob tarzda identifikatsiyalash mumkin.

Bundan, munosabat doimiy ravishda birlamchi kalitga ega bo‘lishi kelib

chiqadi. Birlamchi kalit sifatida tanlanmagan nomzod kalitlar, muqobil



kalitlar deyiladi.

Munosabatdagi atribut yoki atributlar to‘plami boshqa munosabatdagi

(yoki o‘zidagi) nomzod kalitga mos kelsa, u tashqi kalit deb ataladi. Agarda

bitta atribut bir nechta munosabatlarda ishtirok etsa, shu munosabatlarning

k ortejlari orasida aloqalar mavjudligini bildiradi.

6.1-rasm.



Yüklə 473,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin