BO‘LIM_RAQAMI,
XIZMATCHI ISMI, MAOSH, LAVOZIMI)
LOYIHA (LOYIHA RAQAMI , BO‘LIM_RAQAMI, LOYIHA
NOMI, TUGASH SANASI)
BUDJET (BUDJET RAQAMI , LOYIHA-RAQAMI, REJALASH
DAVRI , JAMI)
Normal chizmaga qo‘shimchalar
Agarda yangi ilovalar, kortejga yangi berilganlar elementlarini qo‘shish
talab qilsa yoki foydalanuvchining berilganlar xususidagi fikri o‘zgarsa,
relatsion BB buni yaratilish jarayonida hisobga olishi kerak. Berilganlarni
yangi elementlarini qo‘shish yoki yangi munosabatni yaratish evaziga,
mavjud munosabatlar orasida yangi aloqalar ham o‘rnatilishi mumkin.
81
6.4-rasm. 6.3-rasmda keltirilgan daraxtsimon tuzilishga qo‘shimcha
aloqalarni kiritish
6.4-rasmda, 6.3- rasmda keltirilgan daraxtsimon tuzilishga qo‘shimcha
aloqalarni kiritish natijasida u tarmoq tuzilishidagi berilganlar modeliga
aylangan. Buning uchun, XIZMATCHI va BINO munosabatlari orasidagi
aloqaga BINO RAQAMI elementi XIZMATCHI munosabatiga, XIZMAT-
CHI va LOYIHA munosabatlari orasidagi aloqaga LOYIHA RAQAMI
elementi XIZMATCHI munosabatiga qo‘shiladi. Demak, ikkita yangi atri-
butlarni munosabatlarga qo‘shish va yangi munosabatni yaratish natijasida
qo‘shimcha aloqalarga ishlov beriladi.
BINO va BO‘LIM munosabatlari orasidagi aloqalar M:M turidan ibo-
rat. Bir binoda bir nechta bo‘lim va bir bo‘lim bir nechta binoda joylashishi
mumkin. Agarda BINO munosabatiga yangi BO‘LIM_RAQAMI atributini
qo‘shadigan bo‘lsak, bir bino uchun bir nechta bir xildagi kortejlar qo‘shi-
ladi, bu esa munosabatni ortiqchalikka olib keladi. Shuning uchun, BINO
RAQAMI va BO‘LIM_RAQAMI atributlardan iborat JOYLASHISH
munosabati yaratiladi. Bu berilgan bo‘limning qaysi binolarda joylashishi
va berilgan binoda qaysi bo‘limlar joylashganini topish imkoniyatini beradi.
Umuman, relatsion BB yangi munosabatlar qo‘shilganda, eski aloqalar
buzilmasligini ta’minlashi kerak.
6.4-rasmda keltirilgan tarmoq tuzilishini, xuddi iyerarxik tuzilish kabi
oson normallashtirish mumkin. Natijada hosil bo‘lgan normallashgan chizma:
BO‘LINMA (BO‘LINMA RAQAMI , BO‘LINMA NOMI, RAHBAR)
BINO (BINO RAQAMI , BO‘LINMA RAQAMI, SHAHAR, MAN-
ZIL, XIZMATCHILAR SONI)
BO‘LIM (BO‘LIM_RAQAMI, BO‘LINMA RAQAMI, BO‘LIM
NOMI, RAHBAR)
82
XIZMATCHI (XIZMATCHI_RAQAMI , BO‘LIM_RAQAMI, BINO
RAQAMI, LOYIHA RAQAMI, XIZMATCHI ISMI, MAOSH, LAVOZIMI)
LOYIHA (LOYIHA RAQAMI , BO‘LIM_RAQAMI, LOYIHA
NOMI, TUGASH SANASI)
BUDJET (BUDJET RAQAMI , LOYIHA RAQAMI, REJALASH
DAVRI , JAMI)
Dostları ilə paylaş: |