Yo‘naltirilgan aloqalar muammosi
Iyerarxik BBB tizimlarida iyerarxik tuzilishlarga ishlov berish mumkin
emas, chunki tabiiy kengayish imkoniyati yaratilmagan, bunga 6.4-rasm
misol bo‘la oladi. Tarmoq tuzilishidagi BBB tizimlarida ham, berilganlar
orasidagi aloqalarga chegara qo‘yilgan.
6.6-rasmdagi diagrammalarda ifodalangan aloqalar 2-darajali aloqalar-
dan iborat, ya’ni munosabatlarning ikkita domenlari orasidagi aloqa sifatida
qabul qilinadi. Bu esa yuqoriroq darajadagi munosabatlarga ishlov berish
imkonini yaratadi, chunki binar (ikkita) munosabat o‘rtasidagi aloqalar
o‘xshash tarzda amalga oshiriladi. Agarda 2-darajadagi munosabatlar milli
chiziqlar orqali tasvirlansa, darajaning oshishini diagrammada akslantirish
qiyin bo‘ladi, bunda chizmada yangi aloqalar paydo bo‘ladi, bu esa amaliy
programmalardagi mavjud aloqalarning buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Chizmalarda bir blokdan ikkinchi blokka undan esa keyingisiga o‘tuv-
chi milli chiziqlar ishlatilganda, foydalanuvchi ushbu belgilarga amal
qilgan holda ikkita ikkilik munosabatlarni 3- darajali munosabat, deb qabul
qiladi bu esa xatoliklarga olib kelishi mumkin.
6.6-rasm. Birlashtirishdagi «pistirma».
84
6.6-rasmdagi 1- hodisada mil QISM 4 yozuvdan TUGUN S oraliq
yozuvga, keyin yozuv MAXSULOT 5ga yo‘naltirilgan. Foydalanuvchi 4-
qism 5-turdagi mahsulotda ishlatiladi, deb fikrlaydi va bu fikr to‘g‘ri
bo‘ladi. Endi ikkinchi holatni ko‘ramiz. Bunda chap ustunda QISM o‘rniga
uning TA’MINOTCHIsi turibdi. Mil TA’MINOTCHI 4 yozuvdan TUGUN
S oraliq yozuvga, keyin yozuv MAXSULOT 5ga yo‘naltirilgan. Foyda-
lanuvchi 5-mahsulotni yetkazuvchilardan biri 4- ta’minotchi, deb fikrlashi
mumkin. Ushbu holatda u noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. 5- mahsulot tarkibiga
kiruvchi S tugunni faqat 2- ta’minotchi, 3- mahsulotni faqat 4- ta’minotchi
yetkazib berishi ham mumkin. Bu vaziyatni E.F. Kodd birlashtirishdagi
«pistirma» deb ataydi. Bu holatga aniqlik kiritish uchun 3- darajali
munosabat zarur:
Umuman, BB mantiqiy tuzilishlarini yaratuvchi, chiziqlar va millarni
ishlatishi noqulay, chalg‘ish va noto‘g‘ri chizmalarga olib keladi. Chizma-
larning relatsion tasviri esa ixcham, tushunish sodda va matematik jihatga
ega. Lekin shunga qaramay, ehtiyotsizlik bilan bajarilgan amallar keltirilgan
birlashtirish «pistirma»lari kabi qiyinchiliklarni tug‘dirishi mumkin.
Ko‘pgina holatlarda normallashgan chizma an’anaviy chizmaga nisba-
tan yengilroq yaratiladi. 6.7-rasmda materiallar ro‘yxati berilganlar baza-
sining chizmasi keltirilgan.
Korxonaning mahsuloti turli qismlar, masalan, gayka va boltlar, turli
tugunlar, ya’ni motor va dvigatellardan iborat bo‘lsin. Tugun esa alohida
agregat yoki mayda tugunlardan tashkil topgan bo‘lsin. 4- darajadagi tugun
3- darajadagi tugundan, 3- darajadagisi esa 2- darajadagi tugundan va 2-
darajadagisi esa 1- darajadagi tugundan tashkil topgan bo‘lsin. Materiallar
ro‘yxatining BB u yoki bu mahsulot yoki tugun nimadan tashkil topganini
ko‘rsatsin.
Normallashgan chizma ikkita munosabatdan iborat bo‘ladi:
MAXSULOT munosabatidan, uning domenlari MAXSULOT
RAQAMI, NOMI va KATEGORIYA (ushbu atribut tayyor mah-
sulotgami, mahsulot qismigami yoki qaysi darajadagi tugunga
tegishliligi xususidagi berilgan);
TUGUNLARNI BO‘SHATISH munosabatidan mahsulot nomeri,
uning tarkibiy qismlarining nomeri va soni.
6.7-rasm. Normallashgan shakl – chizmani tasvirlashdagi soddaroq,
oddiyroq va aniq tasvirlash usuli.
Normallashgan shakl:
MAXSULOT (MAXSULOT RAQAMI, KATEGORIYA, NOMI)
TUGUNLARNI_BO‘SHATISH (MAXSULOT RAQAMI, TARKIB-
NING RAQAMI , SONI)
Bunday holdagi BB yaratish, mahsulotni ishlab chiqarish va kelajakda
kiritiladigan konstruktorlik o‘zgartirishlarni hisobga oladi. Har qanday
yangi mahsulot kiritilgan konstruktorlik o‘zgartirishlaridan keyin, ikkita
munosabatga qo‘shiluvchi yangi munosabat yaratiladi – O‘ZGARTIRISH
(MAXSULOT RAQAMI, O‘ZGARTIRISH RAQAMI).
Xulosa
Relatsion modellarning muhimligiga asosan uchta sabab bor. Birin-
chidan, relatsion modellarning konstruksiyasi keng va umumiy tavsif-
nomaga ega bo‘lib, berilganlar bazasining tuzilishini BBB tizimlariga
bog‘liq bo‘lmagan holda tavsiflash imkoniyatini beradi. Ikkinchidan,
relatsion model deyarli hamma BBB tizimining asosini tashkil qiladi.
Uchinchidan, axborot tizimlarining «yurag»ini tashkil etuvchilar, bu
86
berilganlar bazasining relatsion modelidir.
Shularga asosan, relatsion model tamoyillarini tushunish zamonaviy
mutaxassisning asosiy bilim «qurol»laridan biriga aylangan.
Dostları ilə paylaş: |