Berilganlarning relatsion modellarida chizmalar taqdimoti
Relatsion modelda ixtiyoriy sondagi normal munosabatlar bo‘lishi
mumkin. Relatsion chizmalarning qabul qilingan belgilash usulida – muno-
sabat nomi va qavsda atributlar nomi ketma-ket yozilib vergullar bilan ajra-
tiladi. Birlamchi kalitlarning tagiga chiziladi.
78
Berilganlar bazasidagi hamma relatsion chizmalar konseptual modelni
yoki konseptual chizmani hosil qiladi.
Relatsion modeldagi har bir aloqa nomi, majburiyati, turi va darajasi
bilan tavsiflanadi. Aloqani fakultativ va majburiy xillarga ajratishadi.
Agarda bir turdagi ma’no boshqa turdagi ma’no bilan zaruriy bog‘langan
bo‘lsa, u holda ular orasidagi aloqa majburiy aloqa deyiladi va ikkilangan
chiziq bilan belgilanadi. Qolgan vaziyatlardagi aloqalar fakultativ aloqa-
larga kiradi.
Aloqaning darajasi shu aloqalar bilan bog‘langan munosabatlarning
soni bilan aniqlanadi.
6.2-rasmda 4- darajali daraxtning oltita munosabatga keltirilgan holati
tasvirlangan. Ushbu daraxtsimon tuzilishni normallashgan shaklga keltirish
uchun, berilganlarga kirish yo‘llaridagi bog‘liqliklar yangi kalitlar element-
larini kiritish natijasida, yo‘qotilgan. Yangi kiritilgan kalit elementlari semiz
qora shriftda keltirilgan.
Bunda ayrim munosabatlarning kalitlari o‘zidan yuqoridagi darajada
turuvchi munosabatning kaliti bilan mos kelishi mumkin. Misol uchun, ISH
FAOLIYATI munosabati (XIZMATCHI_RAQAMI, TAYINLANISH_SA-
NASI) birlashgan kalitdan iborat, uning tarkibida o‘zidan yuqoridagi muno-
sabatning XIZMATCHI_RAQAMI kaliti bor. XIZMATCHI munosabati
esa faqat XIZMATCHI_RAQAMI kalitidan iborat o‘lib, bu kalit yozuvning
qol-gan atributlarini bir qiymatli aniqlaydi va unga yuqori darajadagi
munosabatning kalitini kiritish kerak emas.
6.2-rasm. 4- darajali daraxt.
79
Chizmalarda milga ega chiziqlar bilan ko‘rsatilgan aloqalar, BB amal-
ga oshirishda ilovalarda qaysi yo‘l bo‘yicha harakatlanish zarurligini bil-
diradi. Ba’zi bir yo‘naltirish vositalari hamma ana shunday yo‘llar bo‘yicha
normallashgan tasvirlardan iborat bo‘lishi kerak. XIZMATCHI munosa-
batidan FARZANDLAR, ISH FAOLIYATI va MAOSH O‘ZGARISHI
(6.2-rasm) munosabatlariga o‘tuvchi yo‘llar sodda amalga oshirilishi mum-
kin, chunki uchchala kortej ham XIZMATCHI_RAQAMI elementiga ega.
XIZMATCHI munosabatdan BO‘LIM munosabatiga o‘tish yo‘li ham amal-
ga oshirilishi mumkin, chunki XIZMATCHI munosabati BO‘LIM_RAQA-
MI elementidan iborat. BO‘LIM munosabatidan XIZMATCHI kortejiga
o‘tish ham BO‘LIM_RAQAMI elementidan foydalanishni talab qiladi.
Faqat bunda ikkilamchi kalit sifatida ishlatiladi
Chizmaning normallashgan shakli:
BO‘LIM (BO‘LIM_RAQAMI ,
BO‘LIM NOMI, HISOBOT,
RAHBAR, BUDJET)
ISH (BO‘LIM_RAQAMI, ISH RAQAMI , ISH TAVSIFI)
XIZMATCHI ( XIZMATCHI_RAQAMI,
XIZMATCHI NOMI,
BO‘LIM_RAQAMI, MAOSH, LAVOZIMI, MANZIL)
MAOSH O‘ZGARISHI (XIZMATCHI_RAQAMI, MAOSH
O‘ZGA-RISH SANASI, MAOSH)
FARZANDLAR (XIZMATCHI_RAQAMI, BOLA ISMI, BOLA
YOSHI, JINSI)
ISH FAOLIYATI (XIZMATCHI_RAQAMI,
TAYINLANISH
SANASI, LAVOZIMI)
XIZMATCHI munosabatini BO‘LIM_RAQAMI elementlari bo‘yicha tar-
tiblash kerak.
6.3-rasmdagi chizmani normallashtirish uchun birlamchi kalit element-
laridan foydalanish talab qilinmaydi. Har bir kalitni kortej bir xilda iden-
tifikatsiyalaydi. Lekin qo‘shimcha atributlar kiritilganligining sababi, muno-
sabatlar orasidagi aloqalarni kuzatish orqali daraxt cho‘qqisiga chiqarish.
Chizmani normallashda qo‘shimcha berilganlar elementi ikkita sabab
bilan qo‘shilishi mumkin. Birinchidan, birlamchi kalit qo‘shilib hosil
bo‘lgan tarkibli kalit, kortejni bir qiymatli identifikatsiyalaydi. Ikkinchidan,
an’anaviy chizmalardagi milli chiziqlar orqali ifodalangan yo‘l tavsiflash
uchun ishlatiladi. Ikkilangan milli chiziqlar ikkinchi darajali kalitlarga ish-
lov talab qilishi mumkin. Bu ishlov oddiy tartiblashdan va ikkinchi
indekslardan foydalanishdan iborat bo‘lishi mumkin.
80
6.3-rasm. Daraxtsimon chizma.
Chizmaning normallashgan shakli:
BO‘LINMA (BO‘LINMA RAQAMI ,
BO‘LINMA NOMI,
RAHBAR)
BINO (BINO RAQAMI , BO‘LINMA RAQAMI, SHAHAR,
MANZIL, XIZMATCHILAR SONI)
BO‘LIM (BO‘LIM_RAQAMI , BO‘LINMA RAQAMI, BO‘LIM
NOMI, RAHBAR)
XIZMATCHI (XIZMATCHI_RAQAMI,
Dostları ilə paylaş: |