Muqobil atamalar
Relatsion modelda ishlatiladigan atamalar ba’zan chalkashliklarga olib
keladi, chunki yuqorida biz keltirgan atamalardan tashqari yana boshqa bir
atamalar mavjud. Unda munosabat – fayl, kortej – yozuv, atributlar –
maydon deyiladi. Bu atamalar, BBBT fizik jihatdan har bir munosabatni
alohida fayllarda saqlashidan kelib chiqqan. Bu atamalardan programmachi
ko‘proq foydalanadi. Quyidagi jadvalda ana shu muqobil atamalarni
keltiramiz.
75
Munosabat quyidagi tavsiflarga ega:
munosabat relatsion chizmadagi hamma nomlardan boshqacha
nomga ega;
munosabatning har bir katagi faqat bitta elementar qiymatga ega;
har bir atribut noyob ismga ega;
atributning qiymatlari bitta domendan olinadi;
har bir kortej noyob hisoblanadi, ya’ni ikkita bir xildagi kortej
atributlarning kelish ketma-ketligi ahamiyatsiz;
nazariy jihatdan munosabatda kortejlarning kelish ketma-ketligi aha-
miyatsiz.
Lekin amaliyotda kortejlarning kelish tartibi ularga kirish sama-
radorligiga ta’sir qilishi mumkin. Quyidagi jadvalda relatsion atamalar
keltirilgan.
Kalitlar
Aytib o‘tilganidek, munosabatda takrorlanuvchi kortejlar bo‘lmasligi
kerak. Shuning uchun har bir kortejni noyob tarzda bitta yoki bir nechta
atributlar yordamida identifikatsiyalash imkoniyati bo‘lishi kerak. Bu atri-
butlar kalit deyiladi.
Amaliy ish jarayonida kortejni – yozuv, atributni maydon deyishadi.
Birlamchi kalit – atributlar yoki ular to‘plamining shunday elementidan
iboratki, u yagona tarzda bitta yozuv yoki guruhni belgilaydi. Birlamchi
bo‘lmagan boshqa atributlarning birlashishidan tuzilgan kalit, tarkibli
Dostları ilə paylaş: |