Relatsion model tushunchalari
Relatsion modelda berilganlar termalarga ajratilib, ular jadvalning tuzi-
lishini yaratadi. Jadvalning bunday tuzilishi alohida berilganlar elementlari,
ya’ni maydonlardan iborat bo‘ladi. Alohida terma yoki maydonlar guruhi
yozuv deyiladi.
Berilganlar modeli yoki predmet sohaning konseptual tavsifi – bular
BB loyihalashdagi eng abstrakt daraja.
Relatsion berilganlar bazasining nuqtayi nazariy jihatidan, relatsion
modelning asosiy tamoyillarini konseptual darajada qo‘yidagicha ta’riflash
mumkin:
barcha berilganlar, satr va ustunlar shaklidagi munosabat deb atala-
digan, tartiblangan tuzilishda bo‘lishi;
hamma qiymatlar skalyar bo‘lishi. Bu, ixtiyoriy munosabatning
ixtiyoriy ustun va satrlaridagi qiymatlar yagona bo‘lishini
bildiradi;
barcha amallar butun munosabat ustida bajariladi, amallarning
bajarilishi natijasida yana butun munosabat hosil bo‘ladi. Bu
tamoyil tutashuv deb ataladi.
Relatsion modelning tamoyillarini shakllantirishda, doktor E.F. Kodd
o‘zi matematik bo‘lgani uchun ham «munosabat» (relation) degan atamani
tanladi, chunki uning fikricha, bu atama bir xildagi ma’noni anglatadi.
Munosabatning fizik shakli ikki o‘lchovli jadval bo‘lib, u ustun va
satrlardan iborat. Relatsion model deyilishining sababi, uning jadvallar
orasidagi aloqalarni aniqlashida, degan noto‘g‘ri talqin juda keng tarqalgan.
Haqiqatda esa, ushbu modelning nomi munosabat (BB jadvallari)dan, uning
asosida yotuvchilardan kelib chiqadi. Mantiqiy jihatdan BB – bu, ikki
o‘lchovli jadvallar va ular ustida ustunlarni tanlash va birlashtirish
amallariga ega bo‘lgan to‘plamdir. Shu asosda E.F. Kodd quyidagicha deb
yozgan «Amaliy programmachi ham, tasodifiy foydalanuvchi ham,
berilganlar bazasi – bu vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turuvchi, hamma mumkin
bo‘lgan darajalardagi normallashgan munosabatlarning to‘plamidir».
Relatsion modellarda munosabatlar obyektlar xususidagi berilganlarni
BBda saqlash uchun ishlatiladi. Munosabatlar, aytilgandek jadval
ko‘rinishida bo‘lib, undagi satrlar alohida yozuvlarga, ustunlar esa
atributlarga mos keladi. Bundan tashqari atributlar ixtiyoriy ketma-ketlikda
kelishi mumkin, bundan munosabatning ma’nosi o‘zgarmaydi.
71
Relatsion modelning yana bir muqobil tushunchasi K. Deyt [66] tomo-
nidan berilgan. K. Deyt bo‘yicha relatsion model uch qismdan iborat:
tuzilish;
butunlik;
ishlov qismi.
Tuzilish qismida qaysi obyektlarning relatsion modelda ishlatilishi
tavsiflanadi.
Butunlik qismida relatsion modeldagi barcha berilganlarning tegishli
cheklashlari tavsiflanadi, jumladan mohiyat butunligi va tashqi kalitlar
(havola) butunligini.
Ishlov qismida ikkita ekvivalent bo‘lgan ishlov, ya’ni relatsion algebra
va relatsion hisoblash usullari keltiriladi.
Tuzilish qismi
Umumiy holda BBB tizimlaridagi berilganlarning uchta asosiy turlari
mavjud:
oddiy;
murakkab;
havola.
32- va 36-boblarda mos ravishda BBB tizimlari MS Access va MS
SQL Server tanishganimizda berilganlarning boshqa hamma turlari xusu-
sida to‘liq ma’lumot beramiz.
Dostları ilə paylaş: |